U-19 Osiyo chempionati. Tailand Eronni mag'lub etdi

9 okt 2014, 17:13
Bugundan Myanmada yoshlar o'rtasidagi (U-19) Osiyo chempionati start oldi.
Hozircha ikkita uchrashuv bo'lib o'tdi. Tailand yoshlari kutilmaganda sensaciya ko'rsatib, Eronni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Yana bir uchrashuvda esa Janubiy Koreya Vetnam ustidan yirik 6:0 hisobida zafar quchdi.  

Ushbu musobaqada O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etadi. Ravshan Haydarov shogirdlari guruhdagi ilk uchrashuvni ertaga Indoneziyaga qarshi o'tkazishadi.

“A” guruhi
Eron – Tailand - 1:2

“S” guruhi
J.Koreya – Vetnam - 6:0

Manba: championat.asia