U-19 Osiyo chempionati. Saudiya Arabistoni - chempion!
04 noy 2018 19:36
Yangiliklar
U-19 Osiyo chempionati. Saudiya Arabistoni - chempion!
Indoneziya mezbonlik qilgan U-19 Osiyo chempionati o'z nihoyasiga etdi.
Musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvida Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni yoshlar terma jamoalari o'zaro bahs olib borishdi. Jakartada kechgan final uchrashuvida Saudiya Arabistoni raqibini 2:1 hisobida mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritdi.
Saudiyaliklar 1-daqiqadayoq hisobni ochishdi. Gol muallifi Turki Al Ammar bo'ldi. 21-daqiqaga kelib hisob Saudiya yoshlari foydasiga 2:0 ko'rinish oldi. Bu vaziyatda Xalid Al Gannam gol muallifi bo'ldi. Koreyalik safida 64-daqiqada CHo Yang Vuk penaltidan to'p kiritdi. O'yin oxirigacha hisob o'zgarmadi va natijada Saudiya Arabistoni chempionlikka erishdi.
U-19 Osiyo chempionati. Final
4 noyabr, "Gelora Bung Karno" stadioni. Jakarta.
Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni 1:2



O’xshash yangiliklar
19:33
Ukraina chempionatining 2017 yildagi eng yaxshi murabbiyi "Neftchi" U-21 jamoasida ish boshladi 9
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar