So’nggi yangiliklar

23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  15 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  72 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4

U-19 Osiyo chempionati qaerda bo'ladi? Yangiliklar

U-19 Osiyo chempionati qaerda bo'ladi?

Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bu yil bo'lib o'tmasligi haqda xabar bergandik.

Malumki, shu yilning 14-31 oktyabr kunlari O'zbekistonda U-19 Osiyo chempionatini o'tkazish belgilab qo'yilgandi. Musobaqa "Bunyodkor", "Lokomotiv", AGMK va "Navbahor" stadionlarida bo'lib o'tishi lozim edi. Biroq koronavirus pandemiyasi sabab OFK musobaqani bu yil o'tkazmaslikni lozim topdi. 

Bu o'rinda eng katta muammo xalqaro reyslarning to'liq tiklanmagani bo'lib turibdi. SHu bois OFK vaziyatdan kelib chiqqan holda maqul yo'lni tanlab musobaqani qoldirdi. Lekin bu U-19 Osiyo chempionati mezbonligi O'zbekistondan olib qo'yildi degani emas, faqat kelasi yil yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati bo'lib o'tishini inobatga olsak, balki bizdan olib qo'yilishi ham mumkin. 

Gap shundaki, U-20 jahon chempionati 2021 yil 20 may - 12 iyun oralig'ida Indoneziyada bo'lib o'tishi FIFA taqvimida belgilab qo'yilgan. Va musobaqani hozircha hech kim bekor qilgani yo'q. Agar Indoneziyadagi kichik mundial o'z vaqtida o'tkaziladi deb hisoblasak, unda U-19 Osiyo chempionatini mundialga kamida ikki oy vaqt qolganida o'tkazib olish lozim bo'ladi.

Fakt shuki, yanvar-fevral oylarida biz musobaqani o'tkaza olmaymiz. Birinchidan, ob-havo masalasi, ikkinchidan stadionlar tayyor bo'lmaydi. Aytaylik, martning ikkinchi yarmida o'tkazsa bo'ladi. Lekin bu paytga kelib balki jahon chempionati-2022 saralash o'yinlari qo'yilishi mumkin. Aprelda o'tkazaylik desak unda biroz kech bo'ladi, chunki 20 maygacha hech qancha vaqt qolmaydi.

SHundan kelib chiqib U-19 Osiyo chempionatini yanvar yoki fevralda ham o'tkazsa bo'ladi, faqat buning uchun mezbonlikni G'arb yoki SHarq davlatlaridan biriga berishga to'g'ri keladi. Bir tomondan shunday bo'lgani ham maquldir, chunki U-19 Osiyo chempionati har ikki yilda o'tishini hisobga olib balki keyingi musobaqa mezbonligini olsak, ungacha hammasi iziga tushib ketar.

X.Xoliqov.

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика