So’nggi yangiliklar

11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  1 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  1 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4

U-19 Osiyo chempionati. Bugun final Yangiliklar

U-19 Osiyo chempionati. Bugun final

Indoneziyada bo'lib o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida bugun g'olib nomi aniq bo'ladi.

Toshkent vaqti bilan 17:30da boshlanadigan finalda Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni U-19 terma jamoalari o'zaro bahs olib boradi. Malumki, Janubiy Koreya yarim finalda Qatarni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Saudiya Arabistoni esa Yaponiyadan 2:0 hisobida ustun keldi. 

O'yindan oldingi matbuot anjumanida har ikki jamoa ustozlari quyidagi fikrlarni bildirib o'tishdi.

CHung Jung Yong (J.Koreya U-19 bosh murabbiyi): - "Men katta bosim ostida emasman, ammo chempion bo'lish va ikkinchi o'rinni olish nima ekanini juda yaxshi bilaman. Futbolchilarimiz final qanchalik masuliyatli o'yin ekanini yaxshi his qilib turishibdi. SHu bois men ularga qayta-qayta bir gapni takrorlayotganim yo'q. Biz turnir davomida juda qiyin bahslarni o'tkazdik. Final ham bundan mustasno bo'lmaydi. Eng muhimi, taktikaga katta etibor qaratishimiz kerak". 

Xolid Abdulloh Ottavi (S.Arabistoni U-19 bosh murabbiyi): - "Biz musobaqa davomida o'tkazilgan beshta o'yinning hammasini g'alaba bilan tugatdik. SHunday ekan, finalni ham ijobiy yakunlab qo'yishni xohlaymiz. Umuman olganda, men ikki yildan beri shu jamoani boshqarayotgan bo'lsam, hali biron marta yutqazganimiz yo'q. Ikki yil ichida 15ta o'yin o'tkazib, 39ta gol urdik. 2016 yil bu jamoa yoshlar o'rtasidagi Ko'rfaz Kubogida zafar quchgandi. Mana endi U-19 Osiyo chempionatida ham birinchi bo'lishni xohlaymiz". 

Eslatib o'tamiz, keyingi Polshada o'tkaziladigan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida Osiyodan to'rtta jamoa qatnashadi. Bular - Saudiya Arabistoni, Qatar, Janubiy Koreya va Yaponiya.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика