U-19 Osiyo chempionati. 2-turga start berildi

Xayrulla Xoliqov
22 okt 2018, 16:15
Indoneziyada bo'lib o'tayotgan U-19 Osiyo chempionati musobaqasining 2-tur bahslari boshlandi.

BAA yoshlar terma jamoasi navbatdagi uchrashuvni Xitoy Taypeyiga qarshi o'tkazib yirik 8:1 hisobida zafar quchgan bo'lsa, Qatar - Indoneziya bahsida 11ta gol darvozalarga kiritildi. Bunda Qatar 6:5 hisobida g'alabaga erishdi.

Bugun bo'lib o'tgan o'yinlarda Avstraliya Vetnamni 2:1 hisobida mag'lub etdi. KXDR esa Iroq ustidan 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Bugun Toshkent vaqti bilan 17:00da yana ikkita o'yinga start beriladi. Tailand Yaponiyaga qarshi bahs olib borsa, Iordaniya Janubiy Koreya bilan to'qnash keladi.

U-19 Osiyo chempionati. 2-tur uchrashuvlari

"A" guruhi. 21 oktyabr
Xitoy Taypeyi - BAA 1:8
Qatar - Indoneziya 6:5


"V" guruhi. 22 oktyabr
KXDR - Iroq 1:0
Tailand - Yaponiya

"S" guruhi. 22 oktyabr
Avstraliya - Vetnam 2:1
Iordaniya - Janubiy Koreya

"D" guruhi. 23 oktyabr
Xitoy - Saudiya Arabistoni
Malayziya - Tojikiston

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia