U-17 jahon chempionatining qiziqarli statistikasi
08 noy 2023 10:40
Yangiliklar
U-17 jahon chempionatining qiziqarli statistikasi
98943
Meksika va Argentina o'rtasidagi 2011 yilgi U-17 jahon chempionati finaliga 98,943 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. "Estadio Acteka"da bo'lib o'tgan mazkur bellashuvda meksikaliklar o'z muxlislarini 2:0 hisobidagi g'alaba bilan xushnud etishdi.
2219
U-17 jahon chempionatida darvozalarga umumiy 2219ta to'p kiritilgan. Eng so'nggi gol 2019 yil braziliyalik Lazaro tomonidan urilgan.
1455
So'nggi U-17 jahon chempionati finalidan buyon Covid prandemiyasi tufayli 2019 yil Braziliyaning yorqin g'alabali kechasi hamda Indoneziyadagi turnirning ochilish uchrashuvi o'rtasida 1455 kunlik tanaffus yuzaga keldi.
183
2017 yilgi turnirda darvozalar eng ko'p ishg'ol qilingan, o'shanda darvoza tomon yo'llangan 183 zarba golga aylangan.
89
Braziliya terma jamoasi final bosqichida eng ko'p o'yinda ishtirok etgan jamoa sanaladi (89 o'yin). Janubiy Amerika jamoasi Indoneziya yashil maydonlarida ham kamida uchta bahsda maydonga tushadi.
26
To'rtinchi jahon chempionligini qo'lga kiritish yo'lida Nigeriya o'smirlar terma jamoasi 26ta gol urib, rekord o'rnatgan. Kelechi Iheanacho esa musobaqaning "Oltin to'p"i va "Oltin butsa"si bilan taqdirlangan.
18
Braziliya va AQSH o'smirlari mazkur yosh toifasidagi mundialda 18-marotaba ishtirok etadi, boshqa hech bir mamlakat buncha ko'p qatnashmagan.
13
Final bosqichida eng yirik hisob 1997 yil Ispaniya va Yangi Zelandiya o'rtasidagi bahsda qayd etilgan, o'shanda evropaliklar 13:0 hisobida g'alaba qozongan. Devid Rodriges-Frayle esa turnirdagi bir o'yinda to'rtta gol urgan dastlabki futbolchiga aylandi.
10
Nigeriyalik Viktor Osimhen 2015 yilgi musobaqada 10ta gol urib, bitta turnirda eng ko'p raqib darvozasini ishg'ol qilgan futbolchiga aylandi.
9
Turnir tarixidagi eng tezkor gol 2007 yil Braziliya va Yangi Zelandiya uchrashuvida urilgan. O'shanda Fabino 9-soniyada okeaniyaliklar darvozabonini ranjitgan.
8
Braziliya turnir tarixida eng uzoq muddat mag'lubiyatsiz seriya qayd etgan jamoa bo'lib turibdi. 2017 yilgi 3-o'rin uchun bahsda Malini 2:0 hisobida enggan "Selesao" 2019 yilda ketma-ket etti o'yinda g'alaba qozondi.
7
2017 yil Angliya va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi final eng sermahsul o'tgan bellashuv sanaladi, o'shanda "yosh sherlar" 5:2 hisobida ustun kelgan.
6
Indoneziya U-17 jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan oltinchi OFKga azo mamlakat hisoblanadi. Avvalroq Xitoy (1985), Yaponiya (1993), Koreya Respublikasi (2007), Birlashgan Arab Amirliklari (2013) va Hindiston (2017) musobaqani o'z maydonlarida qabul qilgan.
5
Nigeriya beshta U-17 jahon chempionatida g'olib chiqib, chempionlik borasida etakchi sanaladi. Afrikaliklar 1985, 1993, 2003, 2007 va 2015 yillarda kubokni boshi uzra yuqori ko'targan.
4
Ispaniya to'rt marotaba finalga chiqib, ularning barchasida imkoniyatni boy bergan. "Qizil furi" 1991, 2003, 2007 va 2017 yilgi mundiallarda hal qiluvchi bahsda yutqazgan.
3.1
Turnirda har o'yinda o'rtacha 3.1tadan gol urilmoqda. Bu ko'rsatkich Misr-1997 va Finlyandiya-2003 turnirlarida eng yuqori cho'qqiga chiqdi, o'o'shanda har bir o'yinda o'rtacha 3.66tadan to'p kiritilgan.
2
Turnirda bir necha marotaba g'alaba qozongan yagona murabbiy Karlos Sezar hisoblanadi. Braziliyalik mutaxassis 1997 va 1999 yillarda o'z milliy terma jamoasi bilan shohsupaga ko'tarilgan.
1
Bir necha kundan so'ng Indoneziya 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatidagi ilk o'yinini o'tkazadi. Osiyoliklar 24 jamoa orasida yagona debyutant sanaladi.
U-17 jahon chempionati. Barcha jamoalarning yakuniy tarkiblari bilan bilan tanishing
Oqil Abdubarnoev tayyorladi.
Fikrlar