U-17 Jahon chempionati. Stadionlar haqida
09 noy 2023 16:16
Yangiliklar
U-17 Jahon chempionati. Stadionlar haqida
Indoneziya mezbonligi ostida o'tadigan U-17 Jahon chempionati boshlanishiga bir necha kun qoldi. Saytimiz ijodkorlari imkon qadar musobaqaga doir malumotlar va fikrlarni etiboringizga havola qilib bormoqda. Quyida uchrashuvlar bo'lib o'tadigan stadionlar haqida to'xtalib o'tamiz.
Jakarta. "Jakarta xalqaro stadioni"
2022 yil aprel oyida Indoneziya poytaxtida qad rostlagan mazkur arena turnirdagi eng yangi o'yingoh hisoblanadi. O'tgan yili ushbu maydonda "Barselona" va "Atletiko Madrid" yoshlar jamoalari xalqaro turnir finalida kuch sinashishgan. Bu stadionda avval faqat o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilgan bo'lib, ilk bor xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi. Stadionning sig'imi 82 000 nafar tomoshabinga mo'ljallangan bo'lib, mamlakatdagi eng katta stadionlar ro'yxatida birinchi o'rinda turadi. Jakartadagi o'yingohda Jahon chempionatining "S", "E" guruh uchrashuvlari, "D" guruhidan o'rin olgan 1ta, "F" guruhidagi 1ta, nimchorak va chorak finalning 2ta o'yinlarini o'zida qabul qiladi.
"S" guruhi
11 noyabr 14:00 Yangi Kaledoniya - Angliya
11 noyabr 17:00 Braziliya - Eron
14 noyabr 14:00 Braziliya - Yangi Kaledoniya
14 noyabr 17:00 Angliya - Eron
17 noyabr 17:00 Angliya - Braziliya
"D" guruhi
17 noyabr 14:00 Polsha - Argentina
"E" guruhi
12 noyabr 14:00 Franciya - Burkina Faso
12 noyabr 17:00 Janubiy Koreya - AQSH
15 noyabr 14:00 AQSH - Burkina Faso
15 noyabr 17:00 Franciya - Janubiy Koreya
18 noyabr 17:00 AQSH - Franciya
"F" guruhi
18 noyabr 14:00 Germaniya - Venesuela
Nimchorak final
22 noyabr 13:30
22 noyabr 17:00
CHorak final
24 noyabr 13:30
24 noyabr 17:00
Bandung. "Si Jalak Harupat" stadioni
Jahon chempionatini o'tkazadigan ikkinchi stadioni Bandung shaharchasida joylashgan "Si Jalak Harupat" nomi bilan ataladi. Bu arenada 2018 yilgi Osiyo o'yinlarining guruh bosqichi uchrashuvlari tashkillashtirilgan. Stadion sig'imi 30 100 kishiga mo'ljallangan. Jahon chempionatida bu arenadan "D", "F", "C", "E" guruh jamoalari va nimchorak finalning ikki uchrashuvi ishtirokchilari foydalanadi.
"D" guruhi
11 noyabr 14:00 Yaponiya - Polsha
11 noyabr 17:00 Argentina - Senegal
14 noyabr 14:00 Senegal - Polsha
14 noyabr 17:00 Yaponiya - Argentina
17 noyabr 14:00 Senegal - Yaponiya
"F" guruhi
12 noyabr 14:00 Venesuela - Yangi Zelandiya
12 noyabr 17:00 Meksika - Germaniya
15 noyabr 14:00 Meksika - Venesuela
18 noyabr 14:00 Yangi Zelandiya - Meksika
"E" guruhi
18 noyabr 17:00 Burkina Faso - Janubiy Koreya
Nimchorak final
21 noyabr 13:30
21 noyabr 17:00
Surakarta. "Manahan" stadioni
Surakarta shahridagi 20 000 sig'imga ega "Manahan" stadioni O'zbekiston U-17 terma jamoasini o'z bag'riga chorlamoqda. Vakillarimiz guruhdagi barcha o'yinlarni ushbu stadionda o'tkazadi. Stadion sig'im bo'yicha Indoneziyada top ro'yxatga kirmaydi. Tomoshagoh 1998 yilda mamlakat prezidenti Suxarto tomonidan ochilgan. "Manahan" o'yingohi 14ta uchrashuv, yarim final va final o'yinlariga mezbon vazifasini o'tab beradi.
"B" guruhi
10 noyabr 14:00 Mali - O'zbekiston
13 noyabr 14:00 Ispaniya - Mali
13 noyabr 17:00 O'zbekiston - Kanada
16 noyabr 14:00 O'zbekiston - Ispaniya
"A" guruhi
16 noyabr 17:00 Ekvador - Panama
Nimchorak final
20 noyabr 13:30
20 noyabr 17:00
CHorak final
25 noyabr 13:30
25 noyabr 17:00
Yarim final
28 noyabr 13:30
28 noyabr 17:00
Uchinchi o'rin uchun
1 dekabr 17:00
Final
2 dekabr 17:00
Surabaya. "Gelora Bung Tomo" stadioni
Indoneziyada sig'imi bo'yicha uchinchi o'rinda turuvchi stadion hisoblanadi. 2008 yil 1 yanvarida qurilishi boshlangan arena 2010 yil 11 avgustda rasman ochildi. Qurilish uchun jami yuz ming Indoneziya rupiyasi sarflangan. 2021 yilda stadion qayta rekonstrukciya qilindi va Jahon chempionatiga tayyor holatda topshirildi. Bu maydonda Jahon chempionatida eng kam 3ta uchrashuv guvohi bo'lamiz.
"A" guruhi
16 noyabr 14:00 Kanada - Mali
Nimchorak final
21 noyabr 17:00
21 noyabr 13:30
Fikrlar