So’nggi yangiliklar

19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  0 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  0 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  6 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  6 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  19 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7

U-16 Osiyo chempionatiga saralash. Hammamiz bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar Yangiliklar

U-16 Osiyo chempionatiga saralash. Hammamiz bilishimiz kerak bo'lgan malumotlar

O'zbekiston U-16 terma jamoasi ertaga Osiyo chempionati saralash o'yinlarini boshlaydi.

Uchta guruhda bahslar boshlanib bo'lgan va boshqa guruhlarda endi start oladi. Avvalo shuni aytish aytish kerak, U-16 Osiyo chempionatining amaldagi g'olibi Yaponiya hisoblanadi. O'tgan yil Malayziyada o'tkazilgan qita birinchiligida Yaponiya finalda Tojikistonni mag'lub etgan. 

Navbatdagi musobaqa 2020 yil 16 sentyabr - 3 oktyabr oralig'ida bo'lib o'tadi, faqat hozircha mezbon mamlakat malum emas. U-16 Osiyo chempionati saralash o'yinlarida jami 47ta davlat ishtirok etadi. Jamoalar to'rt va beshtadan 11ta guruhga bo'lingan. Har bir guruh o'yinlari OFK tomonidan belgilab qo'yilgan mamlakatda o'tkaziladi. 


"A" guruhi - Iordaniya (mezbon), Quvayt, Tojikiston, Nepal, SHri Lanka.

"B" guruhi - O'zbekiston (mezbon), Hindiston, Bahrayn, Turkmaniston. 

"C" guruhi - Eron (mezbon), Afg'oniston, Falastin, Maldiv.

"D" guruhi - Saudiya Arabistoni (mezbon), Ummon, Suriya, Pokiston.

"E" guruhi - Qatar (mezbon), Yaman, Bangladesh, Butan. 

"F" guruhi - Qirg'iziston (mezbon), Iroq, Livan, BAA. 

"G" guruhi - Indoneziya (mezbon), Xitoy, Filippin, Bruney, SHimoliy Mariana orollari.

"H" guruhi - Vetnam (mezbon), Avstraliya, Mo'g'uliston, Timor Leste, Makau.

"I" guruhi - Singapur (mezbon), KXDR, Gonkong, Guam. 

"J" guruhi - Laos (mezbon), Yaponiya, Malayziya, Kambodja, 

"K" guruhi - Myanma (mezbon), Janubiy Koreya, Tailand, Xitoy Taypei. 


O'zbekiston U-16 terma jamoasi joy olgan bahslar Toshkentda bo'lib o'tadi. 18-22 sentyabr oralig'idagi o'yinlarga TTYMI va "Jar" stadionlari mezbonlik qiladi. U-16 Osiyo chempionati saralashi va kelasi yil musobaqaning o'zida 2004 yil 1 yanvardan keyin tug'ilgan futbolchilar o'ynash imkoniga ega bo'ladi. 

Saralash bahslari 14-22 sentyabr oralig'ida quyidagi davlatlarda bo'lib o'tadi: Iordaniya, O'zbekiston, Eron, Saudiya Arabistoni, Qatar, Qirg'iziston, Indoneziya, Vetnam, Singapur, Laos, Myanma. 

Saralash o'yinlari formatiga ko'ra, har bir guruh g'oliblari (11 jamoa) hamda eng yaxshi ko'rsatkichga ega 4ta ikkinchi o'rin egasi kelasi yilgi U-16 Osiyo chempionatiga yo'llanma oladi. Agar mana shu 15ta jamoa orasida biri mezbon sifatida tanlanadigan bo'lsa, unda eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan beshinchi jamoa ham musobaqaga boradi. U-16 Osiyo chempionatida 16ta jamoa ishtirok etadi. 

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика