So’nggi yangiliklar

23:32"Барселона" яна Рэшфорд билан музокараларни бошлади  5 22:35Рэшфорднинг келажаги бўйича музокаралар келаси ҳафта бўлиб ўтади. Маркус МЮ ва Аморимнинг режаларига кирмаслигини қабул қилди  5 21:59Суперлига. Пешқадам "Насаф" Самарқандда жанговар дуранг қайд этди  106 21:57Суперлига. "Пахтакор" гол инобатга олинмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  215 21:41"Ал Ҳилол" Тео учун 20+5 млн евро таклиф қилди. "Милан" 25 млн олмоқчи  6 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  7 20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  6 19:25Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  11 19:17"Пахтакор" — "Навбаҳор". Таркиблар маълум  7 18:43Ўзбекистонлик футболчи Россия Медиалигасини ёндирмоқда  2 18:13"Арсенал" янги музокаралардан сўнг Гёкереш трансферига яқинлашди. Ҳужумчи "Спортинг"ни тарк этмоқчи  10 17:45Тимур Кападзе: "CAFA - яхши турнир бўлади. Ҳали шартномам янгиланмади"  34 17:10Котрина Кулбите: "Нима бўлганда ҳам биз йўлланмани қўлга киритдик"  2 16:46"Бунёдкор" "Андижон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футболчиларимиз Осиё чемпионати йўлланмаси қўлга киритилганидан сўнг нималар деди?  3

U-16 Osiyo chempionati saralashi. So'nggi turdan oldin guruhlardagi vaziyat qanday? Yangiliklar

U-16 Osiyo chempionati saralashi. So'nggi turdan oldin guruhlardagi vaziyat qanday?

Bugun va ertaga U-16 Osiyo chempionati saralashi doirasidagi so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Biz guruhdagi vaziyatlar bilan tanishtirib o'tamiz.

"A" guruhida beshta jamoa bor shu bois so'nggi o'rindagi jamoa bilan o'yinlar natijalari bekor qilinadi. Bu katta ehtimol bilan SHri-Lanka bo'ladi. SHunda Tojikistonda 6, Iordaniyada 4 ochko mavjud. So'nggi turda ular o'zaro bahs olib boradilar. Kim g'alaba qozonsa guruhda 1-o'rinni qo'lga kiritadi. Durang ham qo'shnilarimiz foydasiga. Iordaniya g'alaba qozonsa, Tojikiston 6 ochko bilan eng yaxshi ikkinchi o'ringa umid qiladi. Hozircha ularda to'plar nisbati +16.

Uchrashuv 22 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi.


"S" guruhining so'nggi turida ham favoritlar bahsi. Afg'oniston - Eron. Sensaciya bo'lgan taqdirda qo'shnilarimiz guruhda 1-o'rinni egallaydilar. Ularning hisobida bitta durang bor. SHuning uchun g'alabadan boshqa har qanday natija ularni imkoniyatlarini mahrum qiladi. Afg'oniston g'alaba qozongan taqdirda, Eron bilan eng yaxshi "2"lar qatorida 6 ochko (+14 hozir) bilan joy oladi.

Uchrashuv 22 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:15da boshlanadi.


"D" guruhida ham ikki jamoada 7 ochko bo'lishi mumkin. Saudiya Arabistoni va Ummon terma jamoalari o'rtasida durang qayd etilsa Saudiya Arabistoni birinchi o'rinni qo'lga kiritadi. Ummon esa +3 natijasi bilan 7 ochko to'playdi. Ammo bu holatda ular O'zbekistondan tepa bo'la olmaydilar. O'zbekistonda ham +3 bo'lib, urilgan gollar soniga ko'ra Ummondan tepadamiz.


"E" guruhida Yaman va Qatar keyingi bosqich masalasini hal qildi deb aytish mumkin. Bu ikki jamoada ayni paytda 4 ochkodan bo'lib, keyingi turda yamanliklar Bangladesh bilan, Qatar autsayder Butanni qabul qiladi. Ayni paytda Yamanda +9, Qatarda esa +2. Butan darvozasiga ular 5tadan kam gol urmaydilar.


"F" guruhida BAA Osiyo chempionatiga chiqib bo'ldi, ular so'nggi turda autsayder Livanni mag'lubiyatga uchratsa 9 ochko to'playdi. Ikkinchi va uchinchi o'rinda turgan Qirg'iziston hamda Iroq o'zaro bahs olib boradilar. Hozircha ularning to'plar nisbati 0ga teng. Demak, bu guruhdan eng yaxshi ikkinchi bo'lish uchun imkoniyat qolmadi hisob.


"G" guruhida ham 7 ochkolik jamoalarni ko'rishimiz mumkin bo'ladi. So'nggi turad Xitoy va Indoneziya o'zaro kuch sinashadilar. Ikkovida hozircha 6 ochkodan mavjud. Xitoyda +13, Indoneziyada +11.

Bu jamoalar o'rtasida durang natija qayd etilsa, boshqa guruhlarga qarab qolmaydi. To'plar nisbati tufayli ulardagi eng yaxshi ikkinchi o'rin Osiyo chempionatiga yo'l oladi. Ular uchun yaxshi tomoni shundaki, Xitoy - Indoneziya uchrashuvi boshlanganida, yuqoridagi 6ta guruh o'yinlari yakuniga etib bo'lgan bo'ladi. Uchrashuv 22 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.



"H" guruhida Avstraliya va mezbon Vetnam so'nggi turda o'zaro kuch sinashadilar, ularda ham 7 ochkodan bo'lishi mumkin. Biroq bu erda durang uchun "kelishib" bo'lmasligi mumkin. CHunki to'plar nisbati Avstraliyada bor yo'g'i +2. SHuning uchun "kengurular"ni bu o'yinda faqat g'alaba qoniqtiradi. Nima bo'lgan taqdirda ham, bu guruh vakili O'zbekistondan tepada bo'la olmaydi, agarda biz durang o'ynab qo'ysak. Mag'lubiyatga uchrasak, barchasi "pishadi".


"I" SHimoliy Koreya va Gonkongda ham 6tadan ochko mavjud bo'lib, so'nggi turda bellashadilar. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15:00da boshlanadi. Durang qayd etilsa KXDR to'g'ridan-to'g'ri finalga chiqadi. Gonkongda +4 bilan 7 ochko bo'ladi.


"J" guruhida vaziyat aniq. Yaponiya olgan guruhda sensaciya yuz berib Malayziya so'nggi turda ularni yutib qo'ymasa, hech qanday chigallik yo'q.


"K" guruhi ham raqibimiz sanaladi. Janubiy Koreya va Tailand so'nggi turda maydonga chiqadilar. Toshkent vaqti bilan 13:00da boshlanadigan uchrashuvda durang qayd etilsa Tailandda +10 bilan 7 ochko bo'ladi, koreyslarda esa +11.


Yuqoridagi vaziyatlardan kelib chiqadigan bo'lsak mag'lubiyat O'zbekistonni Osiyo chempionatisiz qoldirishi aniq. Agar durang natija qayd etadigan bo'lsak ham kamlik qilishi mumkin bo'ladi. CHunki to'plar nisbatiga ko'ra "K", "I", "G" va "E" guruhlarida vaziyat biznikidan ancha yaxshi. Agar ularning hech yo'g'i bittasida durang qayd etilmasa, biz aniq Osiyo chempionatiga chiqamiz.

Hammasidan ham yaxshi variant bor va bu boshqa guruh o'yinlariga bog'lanib qolinmagan vaziyat. Yaniy ertaga biz JAR stadionida maydonga chiqamiz va g'alaba qozonamiz!


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика