U-16 Osiyo chempionati. Qizlarimiz mag'lubiyat bilan boshlashdi
05 noy 2015 16:37
Yangiliklar
U-16 Osiyo chempionati. Qizlarimiz mag'lubiyat bilan boshlashdi
Bugun Bahrom Norsafarov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ilk turda Yaponiyaga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuvda yaponlar 4:0 hisobida zafar quchishdi.
Guruhdagi ikkinchi o'yinda KXDR Xitoy Taypeini 5:0 hisobida tor-mor etdi. O'zbekiston o'smirlari keyingi turni 7 noyabr kuni KXDRga qarshi, Xitoy Taypei esa Yaponiyaga qarshi o'tkazadi.
Yaponiya - O'zbekiston 4:0
Gollar: Nagano Fuka 54, Ueki Riko 60, Miyazava Xinata 78, Takarada Saori 81.
O'zbekiston: Maftuna Jonimqulov, Mahliyo Nazarqulova (Gulzoda Amirova, 64), SHahnoza Qurbonova (Ruzixon Asqarova, 81), Malika Burxonova, Feruza Boboxo'jaeva, Maftuna SHoyimova, Dildora Ergasheva, SHohida Tojiddinova, SHahnoza SHakirova, Sevara Normurodova, Maftuna Panjieva.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar