So’nggi yangiliklar

01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  7 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  2 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  2 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  24 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5

U-16 Osiyo chempionati. O'zbekiston oxirgi, Tojikiston birinchi savatchada Yangiliklar

U-16 Osiyo chempionati. O'zbekiston oxirgi, Tojikiston birinchi savatchada

18 iyun kuni OFK shtab-kvartirasida o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga qura tashlash marosimi o'tkaziladi.

Kuala-Lumpurda mahalliy vaqt bilan soat 14:30da o'smirlar chempionatiga qura tashlash marosimi boshlanadi.

Ushbu qura jarayonida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 4-savatchadan joy oladi. Sababi mazkur savatchalar oldingi U-16 Osiyo chempionati natijalariga qarab tuzilgan. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi o'tgan qita chempionatiga chiqa olmagani bois so'nggi savatchadan o'rin olgan. Biz bilan bir savatchada bo'lgan Xitoy, Qatar va BAA guruh bosqichida bizga raqib bo'lishmaydi.

Malumot uchun, bu yilgi qura tashlash jarayonida qo'shnilarimiz Tojikiston o'smirlari 1-savatchada bo'lishadi. Sababi ikki yil oldin o'tkazilgan U-16 Osiyo chempionatida Tojikiston finalga qadar etib borgan va Yaponiyaga yutqazib qo'ygan edi.

Bahrayn musobaqa mezboni sifatida avtomatik tarzda birinchi savatchada bo'ladi.


U-16 Osiyo chempionati-2020 savatchalar ro'yxati:

1-savatcha: Bahrayn, Yaponiya, Tojikiston, Janubiy Koreya.

2-savatcha: Avstraliya, KXDR, Indoneziya, Ummon.

3-savatcha: Hindiston, Eron, Yaman, Saudiya Arabistoni.

4-savatcha: Xitoy, O'ZBEKISTON, Qatar, BAA.



Eslatib o'tamiz, bu yilgi U-16 Osiyo chempionati 16 sentyabr - 3 oktyabr kunlari Bahrayn mamlakatida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Reyting: -21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика