U-16 Osiyo chempionati. Finaldan keyingi fikrlar
08 okt 2018 14:00
Yangiliklar
U-16 Osiyo chempionati. Finaldan keyingi fikrlar
Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvida Yaponiya va Tojikiston o'smirlar terma jamoasi o'zaro to'qnash kelib bunda yaponiyaliklar 1:0 hisobida zafar quchishdi. O'yindan keyin har ikki jamoa bosh murabbiylari quyidagicha fikr bildirishdi.
Yoshiro Moriyama (Yaponiya): "O'yinlar juda qiyin bo'lishini musobaqadan oldin aytgandim. Amalda shunday bo'ldi ham. Lekin shogirdlarim o'yindan o'yinga kuchayib borishdi. Biz g'oliblik shohsupasiga chiqquniga qadar bir qator qiyinchiliklarni engib o'tdi. Raqibimiz Tojikiston bizga etarlicha qarshilik qila oldi. Guruh o'yinida ularning darvozasiga to'p kirita olmagandik, ammo finalda buni uddalay oldik".
Zayniddin Rahimov (Tojikiston): "Avvalo musobaqa alo darajada o'tgani uchun tashkilotchilarga katta rahmat. Men shuningdek o'z shogirdlarimga hamda bizni qo'llab turgan muxlislarga ham minnatdorchilik bildiraman. SHogirdlarim bilan faxrlanaman, ular ajoyib natija qayd etishdi. Birinchi o'yinda Malayziyaga 2:6 hisobida yutqazib qo'yganimizdan so'ng finalga chiqishimizga ko'pchilik ishonmagandi. Biz uchun ikkinchi o'rin ham faxrli natija".

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar