Tyago Alkantara: "Tez orada safga qaytaman"
18 mar 2015 13:14
Yangiliklar
Tyago Alkantara: "Tez orada safga qaytaman"
"Bavariya" yarim himoyachisi Tyago Alkantara tez orada yana jarohatidan to'liq qutulishga umid qilmoqda.
Futbolchi individual programma bo'yicha ishlashda davom etyapti.
"O'zimni yaxshi his qilyapman. Nemis va ispan shifokorlari sog'ligim uchun ko'p qayg'urishdi. Tez orada safga qaytaman" - deydi Alkantara.
Eslatib o'tamiz, Alkantara tizzasidagi jarohat tufayli deyarli bir yil maydonga tushgani yo'q.
Fikrlar