Tuxelning "CHelsi" bilan shartnomasi ECHLdagi g'alabadan keyin avtomatik tarzda 2024 yilgacha uzaytirildi
01 iyu 2021 16:31
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/640202_original.jpg)
![](/upload/storage/640202_220.jpg)
Tuxelning "CHelsi" bilan shartnomasi ECHLdagi g'alabadan keyin avtomatik tarzda 2024 yilgacha uzaytirildi
Avvalroq 47 yoshli germaniyalik "aristokratlar" bilan 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashi va unda yana bir mavsumga uzaytirish punkti bo'lishi aytilgandi.
Bild nashri xabariga ko'ra, bu amalga oshib bo'lgan. Qizig'i, avtomatik tarzda va shuning uchun Tomas avvalroq tatilga chiqib, oilasi yoniga yo'l olgan.
Gap shundaki, Tuxel agenti Olaf Meynking "CHelsi" bilan dastlabki - 2022 yilgacha mo'ljallangan shartnomada, jamoa ECHLda g'alaba qozonsa kelishuv 2024 yilgacha avtomatik tarzda uzaytirilishi haqida band qo'shilishiga erishgan.
Finalda Tuxel qo'l ostidagi "CHelsi" "Manchester Siti"ni (1:0) mag'lub etgach, ushbu punkt avtomatik ravishda kuchga kirgan.
Endi murabbiy Londondan uy topishi zarur va undan keyin oila azolari Parijdan ko'chib keladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar