Tuxel: "Tottenxem"ni yana yutish uchun "CHelsi" borini beradi"
23 jan 2022 12:13
Yangiliklar
Tuxel: "Tottenxem"ni yana yutish uchun "CHelsi" borini beradi"
"Juda muhim o'yin. Turnir jadvaliga etibor berib qarasak, yuqori to'rtlik uchun kurashayotgan jamoalar orasida faqatgina "Tottenxem" 4ta o'yin kam o'tkazgan.
Balki bu yolg'onchi hissiyotlar taqdim qilishi mumkin. Sen etakchisan, katta farq bilan oldindasan... Biroq unday emas. Biz holatning o'zgarmasligi uchun qo'limizdan kelganini qilamiz va principial raqiblarni mag'lub etishga harakat qilamiz.
Bu London derbisi. Kichik fursat ichida ushbu raqib bilan uchinchi marta to'qnash kelyapmiz. Demak ular bizning nima qilishimizni, biz esa ularning nima qilishlarini bilib oldik desa ham bo'ladi. Barchasi ayon. Ularni ikki marta mag'lub etdik, uchinchisiga ham harakat qilamiz. Barchasi o'z qo'limizda.
O'tgan o'yinda ular so'nggi daqiqalarda g'alaba qozonishdi. Biz esa Liga Kubogi yarim finalida ularni ikki marta mag'lub etdik. Balki bu bizga qo'shimcha kuch bag'ishlar. Bu bosim yoki falsafa darsi emas. Barchasi futbolchilarning o'yinga tayyorgarligi va rejaga bog'liq. Biz o'z o'yinimizni ko'rsatsak bo'lgani", - dedi Tuxel.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar