Tuxel Kurzavaning "Arsenal"ga o'tayotganini rad qildi
18 jan 2020 22:36
Yangiliklar


Tuxel Kurzavaning "Arsenal"ga o'tayotganini rad qildi
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa himoyachisi Leyvin Kurzavaning London klubi safiga qo'shilayotganini tasdiqlamadi.
"Kurzava PSJga kerak. Men uning ketishi haqida hech kim bilan gaplashganim yo'q. U so'nggi paytlarda yaxshi o'ynayapti", — dedi germaniyalik mutaxassis.
Avvalroq 27 yoshli futbolchining "to'pchilar" bilan kelishuvga erishgani haqida malum qilingandi.
Malumot uchun, Kurzava parijliklar safiga 2015 yilda "Monako"dan, 25 mln evro evaziga kelib qo'shilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar