Tuxel kubok finalidagi mag'lubiyat haqida nimalar dedi?
15 may 2022 10:00
Yangiliklar
Tuxel kubok finalidagi mag'lubiyat haqida nimalar dedi?
Angliya Kubogi finalida “CHelsi” penaltilar seriyasiga ko'ra “Liverpul”ga yutqazdi.
“Liga kubogi finalida bo'lgani kabi hozir ham afsuslanmayman. Jamoam bilan faxrlanaman.
Dunyoning eng xavfli jamoasiga qarshi finalda umumiy 240 daqiqa o'tkazdik. Bu safargi hisob esa 0:0. Qo'limizdan kelganini qildik. Penaltilar seriyasida mag'lub bo'lsak ham, faxrlanamiz.
Ular bilan tafovutni kamaytirish uchun o'yinni eng yuqori tempda o'tkaza olishimizni bir necha bor ko'rsatdik. Barcha natijalar munosib bo'ldi, garchi ular boshqa ko'rinishda bo'lishi ham mumkin edi.
Farqi shundaki, ular doimo shunday o'ynay olishadi. Bugun bizda ko'p o'yinchilar yo'q edi. Kante bitta mashg'ulotda qatnashdi, Kovachich esa jarohat bilan o'ynadi… “Liverpul”da esa katta tarkib bor. Farq mana shundan chiqdi”, deydi Tomas Tuxel.
Fikrlar