Tuxel: "Kante bizning Kilian Mbappemizdir"
20 may 2022 21:41
Yangiliklar


Tuxel: "Kante bizning Kilian Mbappemizdir"
"CHelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel franciyalik yarim himoyachi N'Golo Kantening jamoa tarkibidagi ahamiyati haqida gapirdi.
"O'ylaymanki, u bizning asosiy, muhim o'yinchimiz. Biroq asosiy futbolchilar maydonga kerak va u o'yinlarning atigi 40 foizida harakat qildi. SHunday ekan, uchinchi o'rin – bu mo'jiza.
U bizning Muhammad Saloh, van Deyk, de Bryuyne, Neymar, Kilian Mbappemizdir. U maydonda muhim o'yinchi va agar o'yinlarning atigi 40 foizida o'ynasa, bu katta muammo. N'Golo ko'proq o'ynashi lozim", – dedi germaniyalik mutaxassis.
Kante joriy mavsumda APLda 25 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar