Tuxel: “Juda xafaman va faoliyatimdagi eng og'ir bayonotlardan birini yozishga majburman”
12 sen 2022 08:25
Yangiliklar
Tuxel: “Juda xafaman va faoliyatimdagi eng og'ir bayonotlardan birini yozishga majburman”
“CHelsi”dan istefoga chiqarilgan Tomas Tuxel bunga o'z munosabatini bildirdi.
“Bu yozishim kerak bo'lgan eng qiyin bayonotlardan biri va buni hali beri qilmasam kerak deb umid qilgandim. “CHelsi”dagi faoliyatim yakunlanganidan xafaman.
U erda o'zimni uydagidek his qilardim – ham professional, ham shaxsiy tomondan. Barcha xodimlarga, futbolchilar va muxlislarga boshidanoq meni iliq qabul qilganlari uchun katta rahmat aytmoqchiman.
Jamoaga CHempionlar Ligasi va klublar o'rtasidagi mundialni yutish uchun yordam berganimdagi g'urur va xursandchilik men bilan abadiy qoladi. Klubning bir bo'lagi bo'lganimdan faxrlanaman hamda o'tgan 19 oydagi xotiralar qalbimda doimo alohida o'rin tutadi”, deydi nemis mutaxassisi.
Fikrlar