Tuxel CHL finali haqida: “CHelsi” o'z kuchi bilan “Man Siti”ni mag'lub eta olishini tushunib turibdi”
09 may 2021 07:56
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/636003_original.jpg)
![](/upload/storage/636003_220.jpg)
Tuxel CHL finali haqida: “CHelsi” o'z kuchi bilan “Man Siti”ni mag'lub eta olishini tushunib turibdi”
“CHelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel APL 35-turida “Manchester Siti” (2:1) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“G'alaba - bizni quvontiradi va o'zimizga bo'lgan ishonchni yanada oshiradi. Ammo bu ECHL finalidagi uchrashuv hisobiga tasiri yo'q. Final – ajoyib bahs bo'ladi, unda nimalar sodir bo'lishini oldindan taxmin qilib bo'lmaydi.
Yaxshi hozirlik ko'rishimiz kerak. Bizda ham, raqibda ham imkoniyatlar bo'ladi. Biz maydonga raqibni mag'lub eta olishimizga bo'lgan ishonch bilan chiqamiz. Finalda bizda mana shunday ishonch bo'ladi va bu ishonch finalga qadar o'zgarmaydi”, dedi Tuxel.
“CHelsi” va “Man Siti” o'rtasidagi ECHL final uchrashuvi 29 may kuni Istambulda o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar