

“G'alaba - bizni quvontiradi va o'zimizga bo'lgan ishonchni yanada oshiradi. Ammo bu YCHL finalidagi uchrashuv hisobiga ta’siri yo'q. Final – ajoyib bahs bo'ladi, unda nimalar sodir bo'lishini oldindan taxmin qilib bo'lmaydi.
Yaxshi hozirlik ko'rishimiz kerak. Bizda ham, raqibda ham imkoniyatlar bo'ladi. Biz maydonga raqibni mag'lub eta olishimizga bo'lgan ishonch bilan chiqamiz. Finalda bizda mana shunday ishonch bo'ladi va bu ishonch finalga qadar o'zgarmaydi”, dedi Tuxel.
“Chelsi” va “Man Siti” o'rtasidagi YCHL final uchrashuvi 29 may kuni Istambulda o'tkaziladi.



