Tuxel: “APL futbolchilar haqida o'ylamaydi”
27 dek 2021 08:00
Yangiliklar
Tuxel: “APL futbolchilar haqida o'ylamaydi”
“CHelsi” ustozi Tomas Tuxel “Aston Villa”ga (3:1) qarsji o'yindan keyin Angliya chempionatidagi o'zgarishlar soni haqida fikr bildirdi.
- Beshta almashtirishga ruxsat berish kerakmi?
- Albatta.
- Bunga ruxsat berishadimi?
- Oz bo'lsa ham imkon yo'q. Faqatgina biz qishda (barcha tanaffusda bo'lganda) o'ynaymiz va bu menga yoqadi, ammo futbolchilarni himoya qilmayapmiz. Qolgan barcha chempionatlarda beshta o'zgarishga ruxsat berildi. Keyin esa biz shu holda ularga qarshi CHempionlar Ligasida to'qnash kelamiz. Bu ko'ngilni xira qiladi va buning oxiri ko'rinmaydi.
Oldinda esa “Brayton”ga qarshi o'ynaymiz, jismoniy tarafdan og'ir uchrashuv bo'ladi, keyin evrokuboklardan chetda qolgan va bor etiborini APL hamda Liga Kubogiga qaratgan “Tottenxem” bilan ikkita o'yin kutib turibdi”, deydi nemis mutaxassisi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar