So’nggi yangiliklar

02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Tursunov jamoasida g'alaba, SHackixda mag'lubiyat Yangiliklar

Tursunov jamoasida g'alaba, SHackixda mag'lubiyat

Ukraina chempionatida 4-tur uchrashuvlari davom ettirildi.
Terma jamoamiz yarim himoyachisi Sanjar Tursunov to'p tepayotgan “Vorskla” klubi o'z maydonida Doneckning “Metallurg” jamoasini qabul qilib, so'nggi daqiqalarda kiritilgan gollar evaziga irodali g'alabani qo'lga kiritdi.  

SHubhasiz, Gromov o'yin qahramoni bo'ldi. Aynan uning ikki goli “Vorskla”ga mavsumdagi dastlabki uch ochkoni taqdim etdi. Sanjar Tursunov har doimgidek, o'yinda to'liq harakat qildi.

Yana bir hamyurtimiz Maksim SHackixning “Goverla” klubi esa mehmonda “Metallist” jamoasi mehmoni bo'ldi. Bu uchrashuvda Gomenyuk tomonidan kiritilgan yagona gol mezbonlarga g'alaba keltirdi. Boshlang'ich tarkibda maydonga tushirilgan SHackix 66-daqiqada o'z o'rnini Stepanyukka bo'shatib berdi. Demak, rekord keyingi o'yinlarga qoldirildi.

Eslatib o'tamiz, SHackix yana bitta to'p kiritsa, Sergey Rebrov tomonidan o'rnatilgan rekordni yangilaydi. Ayni paytda Rebrov va SHackix hisobida 123 tadan gol bor. SHu paytgacha Ukraina chempionatlari tarixida hali hech kim shuncha gol kiritgan emas.



Bir kun avval o'z o'yinlarida zafar quchgan “SHaxtyor” va “Dnepr” klublari turnir jadvalida qo'shhokimlik qilishyapti. Har ikki jamoa 4 ta uchrashuvning barida g'alaba qozonishgan. To'rt ochkoga ega “Vorskla” 6, 2 ochkoga ega “Goverla” klubi esa 12-o'rinni egallab turibdi.

Ukraina chempionati. 4-tur

VORSKLA – METALLURG D  2:1 (0:1, 2:0)

16 avgust, 21.30. Butovski nomli “Vorskla” stadioni

Gollar:
  0:1 – 27 Nelson,  1:1 – 87 Gromov,  2:1 – 89 Gromov.

Vorskla – Bogush, Sapay, E. Tkachuk (Sichkaruk, 87), CHesnakov, Perduta, Sklyar, Dedechko, Kovpak, SANJAR TURSUNOV, Gromov, Yanuzi (Krivosheenko, 62).

Metallurg D – Bandura, Noyok, CHecher, Priyma, Makridis, Aleshandre (Baranovskiy, 58), SHarpar, Nelson, Morozyuk (Zaderaka, 77), Lazich, Junior (Mishenko, 21).

Ogohlantirishlar: Perduta (25), Sklyar (37), Nelson (49), CHecher (50), Yanuzi (57), Makridis (87), Gromov (90), E. Tkachuk (90).

CHetlatish: CHecher (54), Sklyar (81).



METALLIST – GOVERLA  1:0 (0:0, 1:0)

16 avgust, 23.30. “Metallist” stadioni

Gol:
  1:0 – 70 Gomenyuk.

Metallist – Dishlenkovich (SHust, 46), Vilyagra, Yussuf, Pshenichnyx (Torsileri, 32), Kobin, Edmar, CHako Torres, Kulakov (Gomenyuk, 63), Rebenok, Kleyton SHaver, Jaja.

Goverla – Koval, Lyulka, Akakpo, Yagodinskiy, Xomin, Pavlenko (Panfilov, 85), Tudose, Feshhuk, Truxin (Kaverin, 59), Kuznecov, MAKSIM SHACKIX (Stepanyuk, 66).

Ogohlantirishlar: Lyulka (51), Kuznecov (63), CHako Torres (74).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика