"Turon"da tojikistonlik mutaxassis ish boshladi
30 noy 2021 22:51
Yangiliklar
"Turon"da tojikistonlik mutaxassis ish boshladi
Bu haqida "Turon" klubi rasman xabar berdi.
"Bugun klubimiz qarorgohida navbatdan tashqari yig'ilish bo'lib o'tdi. Rahbariyat va tasischilar ishtirokida o'tkazilgan kengaytirilgan yig'ilishda klub vice-prezidenti lavozimiga turli nomzodlar masalasi ko'rib chiqildi. Yakuniy qarorga ko'ra, tojikistonlik futbol faxriysi, taniqli mutaxassis Aleksandr Azimov mazkur lavozimga tayinlandi.
Malumot uchun, Aleksandr Azimov 1961 yili Tojikiston Respublikasida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida Dushanbening "Pamir", Avstriyaning "WAC Volfsberg", "Austriya Klagenfurt" kabi nomdor klublarda o'ynagan.
Tajribali mutaxassisga klubimizdagi faoliyatida omad yor bo'lishini tilaymiz. Turon"ga xush kelibsiz Aleksandr Uzakovich!", -deyiladi klub bayonotida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar