So’nggi yangiliklar

20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  4 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  3 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  9

"Turon" tugatilgani elon qilindi Yangiliklar

"Turon" tugatilgani elon qilindi

2017 yil tashkil topgan klub 2019 yilga kelib Liga azosiga aylangan hamda ilk urinishdayoq Pro liga musobaqasining Sharqiy mintaqasida g'olib chiqib, Pro liga yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.

Klub mos ravishda 2020 va 2022 yillarda Pro ligada muvaffaqiyatli ishtirok etdi va ikki bor Superliga yo'llanmasiga ega chiqib, 2021 va 2023 yillarda elitada ishtirok etdi. Asosiy musobaqada "Turon" muvaffaqiyatli to'p tepa olmagan bo'lsa-da, ko'plab muxlis va mutaxassislar etirofiga sazovor bo'ldi. 

"Turon" xususiy klub sifatida Liga tomonidan qo'yilgan qator talablarni bajarishga erishdi. Yaypandagi O'zbekiston stadioni qayta tamirdan chiqarildi, uning sharqiy qismiga yangi tribuna qurildi va ilk bor stadion yoritish tizimiga ega bo'ldi. Liga mazkur arenada 2022 yilgi mamlakat Superkubogini o'tkazishga ham erishdi. O'zbekiston stadionidan uzoq tarixga ega bo'lgan "Qo'qon-1912" va "Neftchi" futbol klublari ham bir qator uchrashuvlarda foydalandi. 

Klub, shuningdek, bolalar futboliga ham etibor qaratib, o'z akademiyasini foydalanishga topshirgandi. Zamonaviy baza va unga tutash hududda mashg'ulot maydonlari ham bunyod etildi. Qayd etish kerak, Superliganing bir necha yillik ayrim klublarida ham bunday sharoitlar mavjud emas. 

Xususiy klub va uning investorlariga berilgan imtiyozlar muddati o'z yakuniga etgach, "Turon" klubida moliyaviy qiyinchiliklar boshlandi. U 2024 yilni Birinchi ligada 17-18 yoshli futbolchilar bilan o'tkazib, yakunda Sharq mintaqasida 11-o'rinni egallagandi. Shu yilning 19 mart kuni esa "Turon" Liga qatnashchilari safidan chiqishini rasman malum qildi. 

Liga "Turon" futbol klubi tashkilotchi va tashabbuskorlariga o'tgan 6 yillik hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi.

Reyting: -34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика