"Turon" tarkibni kuchaytirishda davom etadi
07 jan 2021 23:38
Yangiliklar


"Turon" tarkibni kuchaytirishda davom etadi
Xususan murabbiylar shtabi jamoaning har bir chizig'ida raqobatni kuchaytirish maqsadida bugunga qadar Superliga klublarida o'ynagan bir qator tajribali futbolchilarni tarkibga jalb etishdi.
Ayni kunlarda jamoamizning qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarida quyidagi futbolchilar bilan rasman kelishuvga erishildi:
1. Muzaffar Muzaffarov ("Qo'qon-1912")
2. Abduqahhor Hojiakbarov ("Surxon")
3. Jahongir Mehmonov ("Surxon")
4. Umarjon SHaripov ("Xatlon", Tojikiston)
5. Abdurahmon Abdulhaqov ("Metallurg")
6. Jasur Xakimov ("Buxoro")
7. Davron Umirov ("Lokomotiv")
8. Komronbek Abdulhamidov (AGMK).
Bundan tashqari, hozirda yana bir qator futbolchilar jamoamiz murabbiylari tomonidan ko'rikdan o'tkazilmoqda. Tarkibga jalb etilayotgan yangi futbolchilar haqida navbatdagi xabarlarimizda malumot beramiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar