So’nggi yangiliklar

21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  1 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  0 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  2 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  4 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  6 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  7

"Turon" nazorat uchrashuvida "Andijon" yoshlari bilan durang o'ynadi Yangiliklar

"Turon" nazorat uchrashuvida "Andijon" yoshlari bilan durang o'ynadi

Teglar :  AndijonTuron
Bugun "Andijon" (U-21) jamoasi O'zbekiston tumanining "Turon" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Mazkur o'yin Andijon viloyati “Oltinko'l" o'yingohida tashkil etildi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida "Andijon" yoshlari raqiblari darvozasiga gol kiritib, hisobni ochdilar. Andijonliklarning tezkor goliga Dilmurod Qahhorov mualliflik qildi. Birinchi bo'lim o'rtalariga kelib "Turon" jamoasining tajribali hujumchisi Mo'ydin Mamazulunov "Andijon" yoshlari darvozasiga gol kiritib, o'rtadagi muvozanatni tikladi - 1:1. Birinchi bo'lim shu tariqa durang natija bilan yakuniga etdi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limi har ikki jamoa vakillarining faol harakatlari bilan boshlandi. Ketma-ket uchrashuvlarda raqib darvozasini ishg'ol qilib kelayotgan yosh futbolchi Doniyor To'lashov 55- daqiqada “Turon" jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'lim so'ngi daqiqalariga kelib Rustam Qo'chqorov andijonliklarning ikkinchi golini kiritdi - 2:2. Uchrashuv shu tariqa durang natija bilan yakuniga etdi.



Nazorat uchrashuvi.

"Andijon" (U-21) - “Turon" 2:2 (1:1)

Gollar:
Dilmurod Qahhorov (1:0), Mo'ydin Mamazulunov (1:1), Doniyor To'lashov (1:2), Rustam Qo'chqorov (2:2)

Bosh hakam: Alisher To'xtasinov.

"Andijon" (U-21): Javohir Qilichev, Abdulloh Abdulazizov, Sardor Marufjonov, Mashhurbek Mirzaev, Dilmurod Abduqahhorov, Muhammadaziz Ibrohimov, Muhammadkarim Toirov, Po'lat SHarifov, Asilbek Azizov, Bekzod G'aniev, Jamshid Hamidov

“Turon": Muxriddin Ahmedov, SHoxrux Xolmatov, Doniyor To'lashev, Jasur Yuldashaliev, Oqil Mahmudov, Ahror Umarjonov, Oybek Axmatov, Azamjon Saminjonov, Doston Meliqo'ziev, Mo'ydin Mamazulunov, Otabek Isroilov

Bekzod Tolibov tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика