So’nggi yangiliklar

21:59Пеп Гвардиола: "Ҳозир "Сити" АПЛ чемпионлиги учун курашадиган ҳолатда эмас"  0 21:37Тьерри Анри: "Арсенал" ушбу мавсумда чемпион бўлиши керак"  0 21:13Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр  17 20:59Алонсо "Реал"даги фаолиятини баҳолашни истамади  0 20:36Фергюсон МЮнинг соврин ютиши учун қанча вақт кетишини айтди  1 20:16Виктор Фонт: "Лапорта кўп гапиради, лекин кам иш қилади. Мен қайтсам, Мессини клуб билан боғлайман"  5 19:41Исак Швецияда 2025 йилнинг энг яхши ўйинчиси деб топилди  2 18:59Футзал. Ўзбекистон Россияга қарши ўйинда даҳшатли камбэк қайд этиб, ғалабага эришди  14 18:47Азиз Амонов — "Динамо" футболчиси  13 18:25"Арсенал" мухлислари учун хушхабар  0 17:39"Насаф": Шароф Муҳитдинов билан шартнома узайтирилди  2 16:46Филипе Луис Европа клубини бошқармоқчи  7 16:06"Ливерпул" Бразилиянинг ёш иқтидорларидан бирини нишонга олди  1 14:5241 ёшли Тьяго Силва эркин агентга айланди  1 13:58Рауф Инилеев: "Мундиал арафасида ҳеч ким жароҳат олмаслиги муҳим, чунки захирамизда бошқа Шомуродов, Юсупов ва Ҳусанов йўқ"  19

“Turon” – “Navro'z Kubogi-2018” g'olibi! Yangiliklar

“Turon” – “Navro'z Kubogi-2018” g'olibi!

Teglar :  Navro'z kubogiTuron
Har yili Farg'onada o'tkaziladigan ananaviy “Navro'z Kubogi” bahslari yakuniga etdi.

Farg'ona viloyat hokimligi va viloyat futbol associaciyasi tomonidan tashkil etilgan bu yilgi “Navro'z Kubogi-2018” musobaqasida 12 ta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda bosh sovrin uchun kurash olib bordi. O'z guruhidagi birinchi va ikkinchi o'rinni olgan jamoalar final bosqichida ishtirok etishdi.
O'yinlar Farg'ona shahridagi futbol akademiyasi stadioni hamda Beshariq tumanidagi “Markaziy” o'yingohda o'tkazildi. “A” guruhida “Neftchi” (U-18) birinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Cementchi-2” jamoasi marraga ikkinchi bo'lib etib keldi.

“V” guruhidagi o'yinlar ham qiziqarli tarzda kechib yakunda O'zbekiston tumanining “Turon-1” va Beshariqning “Beshariq” jamoalari yarim finalga yo'llanma olishdi.

Yarim final bahslarining birinchisida “Neftchi” (U-18) – “Beshariq” jamoalari maydonga tushishdi. Keskin kurashlar ostida o'tgan uchrashuvning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa omad beshariqliklarga kulib boqdi - 5:4.

“Turon-1” – “Cementchi-2” jamoalari o'rtasidagi ikkinchi yarim final uchrashuvi ham shiddatli tarzda o'tib, tajribali murabbiy Bahrom Hakimov shogirdlarining 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topdi.

SHunday qilib, hal qiluvchi bahsda  “Beshariq” va “Turon-1” jamoalari ro'baro' kelishdi. O'yin finalga xos jangovor ruhda o'tib, asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. Birinchi bo'limda “Turon-1” vakili  Azamjon Saminjonov hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda beshariqliklar vakili Tohir G'iyosov hisobni tenglashtirdi.

Asosiy vaqtda g'olib nomi aniqlanmagach, navbat penaltilar seriyasiga keldi. Futbol lotoreyasida esa omad Bahrom Hakimov boshchiligidagi “Turon” jamoasiga kulib boqdi.

Penaltilar seriyasida 4:2 hisobi qayd etildi. So'nggi penaltini taniqli hujumchi Otabek Isroilov aniq yo'llab, yaypanliklarga bosh sovrinni taqdim etdi.
Uchrashuv yakuniga etgach, har ikki jamoaga Farg'ona futbol associaciyasining diplomi topshirildi. “Turon” jamoasiga “Navro'z Kubogi” topshirildi.



Musobaqada ishtirok etgan jamoalar:
“Neftchi” (U-18) (Farg'ona)
“FarDU” (Farg'ona)
“Cementchi-2” (Quvasoy sh.)
“Neftchi” SK (Farg'ona)
“BO'SM-1” (Marg'ilon)
“Toshloq” (Toshloq)
“Kimyogar” (Qo'qon sh.)
“Zafar” (Uchko'prik t)
“Turon-2” (O'zbekiston t.)
“Turon-1” (O'zbekiston t.)
“Beshariq” (Beshariq t.)
“So'x” (So'x t.)
Abror DEHQONOV

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика