So’nggi yangiliklar

10:55“Челси“ сўнгги таклифини юборди  0 10:28“Бавария“ рози бўлди  1 10:05Кевин де Брюйне “Наполи“ билан келишув шартлари очиқланди  0 09:33Италия термасини бошқаришга асосий номзодлар маълум  2 09:02“Ал Насср“ МЮ юлдузини сотиб олиш учун ўз юлдузидан воз кечишга тайёр  0 08:31Криштиану Роналду Португалиянинг Миллатлар лигаси финалидаги ғалабаси ҳақида фикр билдирди  30 08:03ЦСКАни бошқариш учун иккита номзод бор  1 07:35ПСЖ футболчиси Испания — Португалия учрашувида энг яхши бўлди  4 07:09Неъматилло Қуттибоев: "Арислан Юсупбаев ва Аъзамжон Алиевларда жароҳат бор"  0 02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  158 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  4 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  8

Coca Cola Superligasi. "Turon" "Nasaf"ni mag'lub etib, chempionatdagi ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Turon" "Nasaf"ni mag'lub etib, chempionatdagi ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi

Teglar :  "Nasaf""Turon"
"Turon" hamda "Nasaf" o'rtasidagi Superliganing 15-tur uchrashuvi yakunlandi.

"Turon" - "Nasaf" 1:0
5 avgust 2023 yil. Yaypan, "O'zbekiston" stadioni. 20:00
Hakamlar
: Sultonmurod Abdurahmonov, Obid Jumaev, Jasur Rustamov, Nikita Mustafin.
Nazoratchi: Timur Galeev.
Komissar: SHohruh Said.

Gol: 1:0 — 22, Humoyun Murtozaev (Abdulazizxon Abdurashidov)

"Turon": 35.Rahimjon Davronov, 2.Abdulazizxon Abdurashidov, 4.Asliddin Toshtemirov, 7.SHohmalik Komilov (36.Nodirbek Abdurazzoqov, 70), 10.Humoyun Murtozaev (40.Abega Enyang Ngu, 62), 14.Xurshidbek Muxtorov, 17.Nodirbek Mukarov, 18.Abdug'ani Kamolov (5.Marlen CHobanov, 80), 22.SHahzodbek Rahmatullaev (45.Asadbek Saitxonov, 62), 44.Abubakir Ashurov, 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev.

Zaxira: 1.Dostonbek To'xtaboev, 3.Akbar Abdirasulo, 15.Aziz Xolmurodov, 21.Azamjon Aliev, 23.Sardorbek Xursandov, 

"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev (34.SHerzod Nasrullaev, 78), 7.Akmal Mozgovoy, 17.Suhrob Nurulloev, 19.Mateus Lima (99.Azizbek Amonov, 70), 28.SHuhrat Muhammadiev (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 36), 70.Jambuli Jigauri (18.Bahrom Abdurahimov, 70), 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich (10.Andres Eliseo CHaves, 46), 92.Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 35.Abduvohid Nematov, 21.Doniyorjon Narzullaev, 25.Bekjon Rahmatov, 32.Zafar Hakimov.

Ogohlantirish: SHuhrat Muhammadiev (9), Alibek Davronov (60), Abdug'ani Kamolov (80).


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!

90+2. Mezbonlarda ketma-ket ikki hujum tashkil etildi, ikkala zarbayam xavfli tus oldi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88. CHavesning zarbasidan so'ng Davronov seyv amalga oshirdi.

85. Mezbonlar ketma-ketlar zarbalar yomg'irini yo'lladi, goh himoyachilar, goh Ergashev zarbalarni qaytardi.

80. "Turon"da o'zgarish: Abdug'ani Kamolov o'rniga Marlen CHobanov uchrashuvni tamomlaydi.

78. "Nasaf"da o'zgarish: SHerzod Nasrullaev G'olib G'aybullaev o'rniga maydonga tushirildi.

75. Bozorovning zarbasi chiroyli chiqdi, ammo biroz aniqlik etishmadi.

73. "Nasaf" futbolchilarining zarbasidan so'ng Davronov to'pni egallab oldi.

70. "Turon"da o'zgarish: Nodirbek Abdurazzoqov SHohmalik Komilov o'rniga o'yinni yakunlab qo'yadi.

70. "Nasaf"da ikki o'zgarish: Azizbek Amonov Mateus Lima, Bahrom Abdurahimov Jambuli Jigauri o'rniga maydonga tushdi.

69. Mehmonlarda standart vaziyat yuzaga keldi. Zarba o'xshamadi.

62. "Turon"da ikki o'zgarish: Asadbek Saitxonov SHahzodbek Rahmatullaev, Abega Enyang Ngu Humoyun Murtozaevni almashtirdi.

60. Limaning pasidan so'ng Davronov to'pni egallab oldi.

57. CHaves o'yindan tashqari holatda raqib darvozasini ishg'ol qildi.

54. Kamolovning zarbasi judadan ham juda noaniq ko'rinish oldi.

50. Markazga yaqin nuqtada mehmonlar ketma-ket ikki marta qo'pollik ishlatdi.

47. Murtozaev xafli zarba yo'lladi, biroz aniqlik etishmadi.

46. "Nasaf"da o'zgarish: Marko Stanoevich o'rniga Andres CHaves maydonga tushirildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffusda O'zbekiston kubogi 1/4 finaliga qura tashlandi. unga ko'ra, ikkala jamoa ushbu bosqichda to'qnash kelishadi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. Komilov jarimadan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba yo'lladi, ammo biroz noaniq.

45. "Nasaf" futbolchilari katta tezlikda qarshi hujumga o'tayotgan Komilovni to'xtatib qolishdi.

40. Markoning yana bir zarbasi noaniq ko'rinish oldi, unga cha hujumda fol ishlatilgan ekan.

38. Stanoevichning olisdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

36. "Nasaf"da o'zgarish: SHuhrat Muhammadiev o'rniga Zafarmurod Abdirahmatov tushirildi.

34. Mezbonlar tezkor qarshi hujum tashkil etishdi, ammo Abdurashidovning yakuniy zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.

30. Asliddin Toshtemirovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

25. Xavfli vaziyat! Bozorov 10 metrlar masofadan raqib darvozasiga aniq zarba yo'llay olmadi.

22. Gol! Humoyun Murtozaev burchakdan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba yo'llab, hisobni ochdi!

22. Jumanqo'ziev ikki raqibidan qochib ketib, raqib jarima maydoniga yorib kirdi va burchak zarbasi ishladi.

20. Toshtemirovning uzoq masofadan raqib posbonini xafa qilishga bo'lgan urinishi o'xshamadi.

19. Jigauri yana o'z omadini sinab ko'rdi. Bu safargi zarba darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

18. SHohmalik Komilovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.

17. "Turon" o'ng qanotidan ikki marta raqibini o'tkazib yubordi. Birinchisida Nurulloev ichkariga pas berishni uddaladi, ikkinchisida Bozorov folsiz zararalantirildi.

15. Mehmonlar yana bir hujum tashkil etishdi. Jarima maydoniga uzatmaga "Turon" posboni chaqqonroq harakat qildi.

12. "Turon"ning birato'la ikki futbolchisi ulardan o'zib ketayotgan Bozorovni to'xtatib qoldi. Muhammadievning uzatmasini esa mezbonlar qaytardi.

9. Muhammadiev qo'l bilan o'ynagani uchun ogohlantirildi. Mezbonlar esa qulay vaziyatni buzgani uchun qizil kartochka so'rashmoqda.

8. G'aybullaevga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Stanoevichning jarimadan uzatmasiga sheriklari etib kela olmadi.

5. ZARBA! Jigauri yaqin masofadan raqib darvozasini ishg'ol qilishga harakat qildi, ammo uning zarbasi raqib posboni turgan nuqtaga yo'naltirildi, shu bois Davronov to'pni ikkinchi urinishda ushlab oldi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Turon" qizil, "Nasaf" qizil rangli libosda harakat qiladi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Yaypanda qiziqarli futbol guvohiga aylanishga umid qilamiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика