So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  5 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  3 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  9 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  54

"Turon" klubi rahbari: "Diyor Imomxo'jaev qisqa fursat ichida sezilarli ishlarni amalga oshirdi" Yangiliklar

"Turon" klubi rahbari: "Diyor Imomxo'jaev qisqa fursat ichida sezilarli ishlarni amalga oshirdi"

Xabaringiz bor, 31 avgust kuni O'zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev lavozimidan ozod qilingani haqida xabarlar tarqalgandi.

1 sentyabr sanasida O'zPFL rahbari telegramdagi sahifasida ayni damda o'z lavozimida faoliyatini davom ettirayotganligi, agar ishdan ketsa, bu haqida o'quvchilariga xabar qilishini malum qilgan xolda post qoldirdi.

Mazkur voqealar yuzasidan PRO-Liga ishtirokchisi, "Turon" klubi prezidenti Abduvahob Ahmadalievning fikrlari bilan qiziqdik.

- Abduvahob aka, ishlar bilan charchamayapsizmi? "Turon" muxlislariga klubga oid qanday yangiliklarni ayta olasiz?


- Rahmat, charchash yo'q, klubimiz vakillari bilan bir yoqadan bosh chiqargan xolda astoydil mehnat qilmoqdamiz. Xabaringiz bor, transferlar oynasi ochilgan vaqtda tarkibimizga SHukurali Po'latov, Otabek Haydarov kabi tajribali futbolchilarni jalb etdik. Bundan tashqari klubimiz qoshida akademiya tashkil etish ishlari ham so'ngi bosqichda. SHuningdek, joriy mavsumda klubimiz qoshida tashkil etilgan 2 ta yoshlar jamoamiz viloyat birinchiligida ishtirok etadi.

- So'ngi kunlarda O'zPFL rahbariyatida o'zgarish yuzaga kelgani xususida xabarlar tarqaldi. Keyinchalik tashkilotning ayni damdagi rahbari Diyor Imomxo'jaev bu malumotni inkor etgan xolda post qoldirdi. Siz O'zPFL tomonidan tashkil etiladigan chempionatda ishtirok etuvchi klub rahbari sifatida mazkur voqelikdan qay darajada xabardorsiz?

- Ha, chindan ham 31 avgust kuni tarqalgan ushbu xabar biz va boshqa futbol klublari vakillarini hayratga soldi. Aynan o'sha kuni Diyor Imomxo'jaev yaqinda boshlanadigan Birinchi liga musobaqasining qura tashlash marosimida ishtirok etgandi. Bilishimizcha, hammasi joyida edi, lekin kechki payt shu xabar tarqaldi. Ertasi kuni Imomxo'jaevning o'zi telegramdagi kanalida post qoldirib, o'z lavozimidan ozod etilmaganini malum qildi. Biz uning faoliyatidan qoniqayapmiz va lavozimida qolishidan xursand bo'lamiz albatta.

- Diyor Imomxo'jaevning O'zPFLdagi faoliyatini qanday baholaysiz?


Bilasizmi, tashkilot tizimidagi musobaqada ishtirok etayotgan futbol klubi rahbari sifatida Diyor Imomxo'jaevning faoliyatini yuqori darajada deb baholayman. O'z klubim misolida aytadigan bo'lsam, biz bosib o'tayotgan barcha bosqichlarda Diyor Imomxo'jaevning amaliy yordami katta bo'ldi. Muntazam ravishda klubimiz faoliyati bilan qiziqib, o'z tavsiyalarini ayamasdan keldi. U o'z oldiga aniq maqsad qo'yib harakat qilayotgan, halol futbol namoyish etayotgan klublarni hamisha qo'llab-quvvatlab keladi. Menimcha bu fikrimga boshqa futbol klublari ham qo'shilishadi.

- Endilikda PRO-Liga o'yinlari televidenie orqali namoyish etilmoqda. Jumladan, 4-turdan o'rin olgan "Turon" - "Istiqlol" bahsi ham jonli efirda namoyish etilishi malum qilindi. Sizningcha, bu yangilik chempionatga nima bera oladi deb o'ylaysiz?

Juda o'rinli savol berdingiz, haqiqatdan ham endilikda biz ishtirok etayotgan PRO-Liga musobaqalari ham o'zbek futboli tarixida birinchi bor jonli efirda namoyish etilmoqda. Aynan Diyor Imomxo'jaevning sayi-harakatlari evaziga tashkil etilgan ushbu jarayon futbolimiz tarixida unutilmas voqelik sifatida tarixda qoladi. PRO-Liga o'yinlari jonli efirda namoyish etilsa, futbolchilar o'zini ko'plab insonlar kuzatib turganini bilgan xolda maydonda ikki karra ishtiyoq bilan harakat qilishadi, chiroyli va tomoshabop ruhdagi o'yinlar soni yanada ko'payadi. Jamoalar har bir o'yinga alohida ishtiyoq bilan chiqishadi, bundan faqat o'zbek futboli yutadi. SHuningdek, aksariyat yoshlar harakat qiladigan mazkur chempionatda futbolchilarni xorij klublariga reklama qilish va keyinchalik transfer qilishlari uchun imkoniyat yanada ortadi.

- Diyor Imomxo'jaev davrida O'zPFLda avvalgilaridan ko'ra qanday o'zgarishlarni sezdingiz?


Eng katta o'zgarishlardan biri sifatida shuni aytishim mumkinki, Diyor Imomxo'jaev davrida O'zPFL ochiqlik va shaffoflik tizimida ishlab kelmoqda. CHempionatlarga oid malumotlar oshkoralik principi asosida jamoatchilik etiboriga xavola etilyapti, tashkilotning eshigi hamma uchun ochiq xolda ekanini ko'rib bormoqdamiz, hech narsa yashirin tarzda hal etilayotgani yo'q. Bundan tashqari OAV, shuningdek radio va televidenielar bilan futbol muxlislarini qiziqtirgan savollar bo'yicha muntazam jonli efirlar tashkil etib kelinmoqda. Albatta ishlanayotgan joyda kamchilik bo'ladi, hech qanday ish bajarilmasa, tabiiy xolda kamchilik ham bo'lmaydi.

Muhtaram yurtboshimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev ham rahbarlik lavozimlariga yosh, tirishqoq va izlanuvchan kadrlarni qo'yilishiga etibor qaratish lozimligini ko'p bora takidlaganlar. Ayni damda Diyor Imomxo'jaev o'zbek futbolida juda katta islohotlarni amalga oshirishni maqsad qilgan. Masalan, klublarning futbolchilar bilan tuzadigan shartnomalari tobora tartibga solib borilmoqda, kelishuv muddatlari jamoatchilikka oshkor qilinmoqda. SHuningdek, hukumatimiz Qarorlari ijrosini taminlash maqsadida futbol klublarini Davlat aktivlari agentligiga o'tkazish orqali bosqichma-bosqich xususiylashtirish ishlari boshlab yuborildi. Kelajakda klublar xorijiy investorlarga sotiladigan bo'lsa, pul tikkan xomiy tabiiy xolda jamoasida natija talab qiladi. Milliy chempionatlarimizda o'z-o'zidan har bir ochko qadri juda baland bo'ladi, o'yinlar vaqtida maydonda haqiqiy kurash kechadi. Takror aytaman, bundan o'zbek futboli faqat yutadi. Aslida O'zPFL bosim eng katta bo'lgan tashkilot, mavsum davomida har o'yindan keyin norozi tomon topiladi. Futbolga oid har qanday voqelik uchun bosh aybdor sifatida PFL ko'rilaveradi. Muxlislardan ayni vaziyatda bu kabi xolatlarni to'g'ri tushunishlari kerak nazarimda.

- Intervyu uchun rahmat! "Turon" klubining kelajakdagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz.



Bekzod Tolibov suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика