"Turon" bosh direktori: "O'yin derbi nomiga mos o'tdi"
17 apr 2023 20:56
Yangiliklar


"Turon" bosh direktori: "O'yin derbi nomiga mos o'tdi"
"Neftchi" hamda "Turon" o'yinidan so'ng mehmon klub bosh direktori Abduvahob Ahmadaliev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Turon" bosh direktori Abduvahob Ahmadaliev: "O'yin derbi nomiga mos o'tdi. Bahs vaziyatlarga boy bo'ldi, muxlislar maza qilib futbol tomosha qilishdi. Durang adolatli natija deb o'ylayman.
- Jamoaning yangi murabbiyi nomi aniq bo'ldimi?
- Hozir muzokaralar bo'lib o'tmoqda, tez orada rasmiy xabar bo'lishi mumkin.
- Baxtiyor Ashurmatov "Neftchi"ga qarshi bahsdan bir kun avval istefoga chiqarildi, bu ishni bahsdan so'ng qilsa bo'lmasmidi?
- Qaror oldinroq qabul qilingandi, rasmiy xabar biroz kechroq elon qilindi. Baxtiyor Ashurmatovga barcha mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz, hali yo'limiz kesishadi deb o'ylayman.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar