So’nggi yangiliklar

14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  2 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  7 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13

"Turon" 11, "Olimpik" esa 9 nafar yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkazdi. Ular transfer siyosatiga amal qilishdimi? Yangiliklar

"Turon" 11, "Olimpik" esa 9 nafar yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkazdi. Ular transfer siyosatiga amal qilishdimi?

Teglar :  TuronOlimpik
Davralar oralig'idagi yozgi transfer oynasida bazi klublar sezilarli o'zgarishga uchramoqda.

Xususan, yaqinda Superligadagi ishtirok etishi so'roq ostida qolgan Yaypanning "Turon" klubi jiddiy o'zgarishlarga uchradi. Jamoani ko'plab etakchilar tark etdi. Ularning o'rnini esa to'ldirish lozim edi. SHuningdek, Timur Kapadze murabbiylik qilayotgan "Olimpik" klubi ham 9 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. SHu o'rinda, bir savol tug'ilishi tabiiy: yozgi transfer oynasida 5 nafardan ortiq yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkazish mumkin emasdi, ushbu klublarning amalga oshirayotgan ishi to'g'rimi? Javob: ha.

Bunga izoh berib o'taman. O'zbekiston Professional futbol ligasining 2023 yil uchun mo'ljallangan Superliga va Pro liga reglamentida futbolchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ro'yxatga olish tartibi to'g'risida bob mavjud.

Ushbu bobning 4-bandida peshonani qashlaydigan futbol klubi qishki transfer oynasida 10 nafar (Pro liga bundan mustasno) va yozgi transfer oynasida 5 nafardan ortiq (Pro liga ham shu jumladan) bo'lmagan yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin, deyilgan. 

Endi ko'pchilikni o'ylantirgan savolga javobni 6-banddan qidirib ko'ramiz: Futbol klubi 2001 yil va undan kichik yoshdagi yangi mahalliy futbolchi bilan (darvozabon uchun 2000 yil) shartnoma imzolasa, mazkur futbolchi mazkur bobning 4-bandida qayd etilgan limitdan tashqari ro'yxatdan o'tkaziladi.

Keling, jamoa safiga kelib qo'shilgan futbolchilarni tekshirib ko'ramiz:

Fayzullo Jumanqo'ziev (1998 yil tavallud topgan); 

Azizbek Xolmurodov (2003 yil tavallud topgan); 

Javohir Alijonov (2000 yil tavallud topgan); 

Nodirbek Mukarov (2002 yil tavallud topgan); 

Abubakir Ashurov (2003 yil tavallud topgan);  

SHahzodbek Rahmatullaev (2003 yil tavallud topgan);  

SHohmalik Komilov (2000 yil tavallud topgan);  

Sardor Xursandov (2000 yil tavallud topgan); 

Akbarjon Abdirasulov (2003 yil tavallud topgan); 

Abdurahim Saydullaev (2004 yil tavallud topgan);  

Ravshan Xayrullaev (2005 yil tavallud topgan).

Vodiy jamoasi 4-band bo'yicha 4 nafar yangi futbolchini ro'yxatdan o'tkazgan. Klub 22 yosh va undan katta bo'lgan yana bir nafar futbolchini safga qo'shib olishi mumkin.

Ushbu jarayonni "Olimpik" misolida ham ko'ramiz:

SHahzod Akramov (2004 yil tavallud topgan);

Javohir Utamurodov (2004 yil tavallud topgan);

Eldor Begimov (2001 yil tavallud topgan);

Edem Nemanov (2003 yil tavallud topgan);

Saidafzalxon Axrorov (2003 yil tavallud topgan);

SHerzod Esanov (2003 yil tavallud topgan);

Aleksandr Zevadinov (2004 yil tavallud topgan);

Faxriddin Muhammadov (2004 yil tavallud topgan);

Rian Islomov (2004 yil tavallud topgan).

Guvohi bo'lib turibmizki, shundoq ham tarkibi yoshlardan iborat "Olimpik" O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoasi futbolchilari evaziga yanada yosharmoqda. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика