So’nggi yangiliklar

23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  3 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  8 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  1 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  1 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  9 21:00"Барселона"да жароҳатланганлар сафига яна бир футболчи қўшилди  5 20:40"Мен халқаро танаффусларни яхши кўраман! Ҳар икки ҳафтада шундай бўлишини хоҳлардим!" — Гвардиола  0 20:08Испания футболи афсонаси фаолиятини якунлади  14 19:50"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Олимпик"ни 3 та тўп фарқи билан енгди  1 19:37Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Жанубий Америкага йўл оладиган таркиби маълум  5

Turnir jadvalidagi "kuchli beshlik" yoxud juda bo'shlik qilgan mezbonlar - Bundesligada tur yakunlari Yangiliklar

Turnir jadvalidagi "kuchli beshlik" yoxud juda bo'shlik qilgan mezbonlar - Bundesligada tur yakunlari

Bundesliga 26-tur yakunlari haqida batafsil to'xtalib o'tamiz.

Kecha tunda Germaniya chempionati doirasidagi 26-tur o'yinlariga yakun yasaldi.

Bremenda chempionat autsayderlaridan biri "Verder" mehmoni bo'lgan "Bayer" Florian Kofeldt shogirdlarini jiddiy ranjitib, yirik va ishonchli g'alabani tantana qildi. Mazkur o'yin restar qilgan chempionatning 26-tur uchrashuvlarini yakunlab berdi.

Xush, chempionatda navbatdagi tur tugadi. Endi o'tgan turning kutilmagan natijalari va turnir jadvalida nima o'zgarishlarni amalga oshirgani hamda etiborga molik jihatlari haqida to'xtalishga harakat qilamiz.



Bevosita turni yakunlab bergan o'yinga to'xtalsak, dastlab "Bayer" Mussa Diabining uzatmasidan keyin gol urgan Xaverc tufayli hisobga oldinga chiqib oldi. Lekin oradan ko'p o'tmasdan, aniqrog'i 2 daqiqadan so'ng "Verder" burchak zarbasidan keyin muvozanatni tikladi. Bu vaziyatda Teodor Gebre Selassie antiqa gol muallifiga aylandi. "Bayer" esa raqibning tezkor javobiga javoban tezkorlik bilan oradagi farqni o'z tomoniga og'dirdi. Bu safar ham Kay Xaverc katta sahnaga chiqdi. Ikkinchi bo'limda ham birinchi taymda bo'lgani kabi ustunlikka erishgan "Bayer" yana ikkita gol urishni epladi. Dastlab Diabining yana bir uzatmasini kutilmaganda jarima maydonchasi ichida paydo bo'lgan qanot himoyachi Mitchell Vayzer golga aylantirgan bo'lsa, keyinchalik Kerem Demirbay nozik did bilan urilgan goli bilan hisobni yiriklashtirib qo'ydi.

SHu tariqa "Bayer" Germaniya chempionati "otaxoni" hisoblangan "Verder" uyidan qimmatli 3 ochko bilan qaytdi. Bu o'yin turnir jadvalida "Bayer"ning ECHL hududida bo'lgan to'rtinchi o'rindagi "Leypcig"ga maksimal yaqinlashtirdi, yani oradagi farq bir ochkogacha qisqardi.



Kechadan avvalgi va kecha bo'lib o'tgan o'yinlar xususida alohida batafsil to'xtalgandik.

O'tkazilgan o'yinlar orasida kutilmagan deya etirof etishga arzigulik ikki o'yin natijasini alohida keltirish mumkin. Demak, birinchisi bu Leypcigdagi o'yin. Yulian Nagelsmann chempionlik ishtiyoqida harakatlantirayotgan "Leypcig" karantindan keyin futbol hayotiga tezda moslashib keta olmagani tufayli uyda "Frayburg" bilan o'yinda qimmatli ochkolarni yo'qotdi va bu ularni turnir jadvalida ham bir pog'ona pastlashlariga majbur qildi. Ushbu durang chempionlikka imkoniyati bor jamoani yakunda ECHL yo'llanmasi uchun o'ynaladigan to'rtta chiptadan quruq qolish ehtimolini ham biroz bo'lsada oshirib qo'ydi. 

Ikkinchi kutilmagan natija deya baholash mumkin bo'lgan o'yinlar orasidan "Xoffenxaym"ning o'z uyida "Gerta"ga yirik hisobda mag'lub bo'lganini aytish mumkin. Bruno Labbadianing yangi jamoadagi debyuti nihoyatda ishonchli va muvaffaqiyatli chiqdi. Bu esa "Xoffenxaym"ning evrokuboklar uchun imkoniyatini pasaytirib yuborish bilan birgalikda "Gerta"ga Evropa ligasiga harakat qilib ko'rish umidini uyg'otdi.



Turning markaziy bahsi, Bundesliga restartining asosiy afishasiga aylangan "Rur derbisi"da Dortmund kollektivi nihoyatda ishonchli ko'rindi. "SHalke"ga deyarli imkoniyat qoldirmagan "Borussiya" asosiy etakchilari Roys va Sanchosiz ham azaliy raqibini osonlik bilan tor-mor keltirgani jamoa karantindan yuqori kayfiyatda "ishga chiqqanini" ko'rsatadi. Bu esa Bundesligada chempionlik poygasida "Borussiya" Dortmund oxirigacha "Bavariya"ga bosh og'riq yaratishga qodirligiga ishoradek ko'rinmoqda. "SHalke"ning qoqilishi esa jamoani Evropa ligasi hududidagi o'rnidan pastga shung'itdi.



Francuzcha hujum tandemiga ega Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi Frankfurtda "Ayntraxt"ni mag'lub etdi. Plea va Tyuram effekti hamda Marko Rozening jamoaga qo'llayotgan falsafasi chempionat kashfiyotiga qiyoslanmoqda. Gap shundaki, "Borussiya" Myonxengladbax doim Germaniyaning yaxshi saviyadagi jamoasi bo'lgani bilan, joriy mavsum klub ECHL yo'llanmasi uchun kurashishini oldindan taxmin qilish mushkul vazifa edi. Biroq Rozening qarashlari jamoaga mos kelgani o'yin va natijalarda o'z aksini topmoqda. Frankfurtdagi g'alaba "Borussiya"ni nomdosh "Borussiya" Dortmundga turnir jadvalida "qo'shni" qildi va "Leypcig"dan uzib ketishlarini taminladi. 

Yangi murabbiy tayinlagan va debyut ostonasida tish pastasini deb karantinga qaytarilgan Xayko Xerrlixsiz "Augsburg" o'z uyida "Volfsburg" qarshiligini enga olmadi. Bu esa "bo'rilar"ga jadvalda 6-o'ringa ko'tarilish imkonini bergan bo'lsa, "Augsburg"ni o'sha eski holatida qoldirdi. 



Yana bir jamoa turni bosh murabbiysiz o'tkazdi. CHempionat debyutanti "Union" Berlin o'z uyidagi "Bavariya"ga qarshi tarixiy o'yinda Urs Fisher ko'rsatmalarisiz harakatlanishiga to'g'ri keldi. Oilaviy sabablar tufayli Germaniyani vaqtincha tark etgan Fisher "Bavariya" bilan bahsda jamoaga etishmadi. O'yinda munosib o'ynagan "Union" "Bavariya"dan o'tkazilgan barcha gollarni standart vaziyatidan qo'yib yubordi. Dastlab Levandovski penaltidan foydalangan bo'lsa, keyinchalik burchak zarbasidan keyin Pavar g'alabani rasmiylashtirdi. SHu tariqa chempionat peshqadami "Borussiya" Dortmund bilan oradagi farqni yana avvalgi holatga keltirib, dortmundliklardan 4 ochkoga uzib ketdi.

Kyolnda esa "Maync" yaxshigina "kambek"ni amalga oshirdi. Dastlab o'z "Kyoln"dan ikkita gol o'tkazgan "Maync" uchrashuv yakuniga yaqin muvozanatni tiklashga erishdi va tur yagona bo'lgan qaytishni amalga oshirdi.

Autsayderlar to'qnashuvida esa "Paderborn" safarda "Fortuna" bilan nursiz durang qayd etdi. Natijada "Paderborn" xavfli hududni tark etish imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubordi hamda Ikkinchi Bundesligaga tushib ketish uchun asosiy davogarligicha qoldi.



Karantindan qaytgan Evropadagi ilk top liga sifatida Bundesliga tur uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etishni uddasidan chiqdi. Barcha uchrashuvlar yangi kiritilgan reglament asosida hozirgi karantin davriga mos tarzda o'tdi. To'g'ri, muxlislarsiz futbol o'zining asosiy bezagini yo'qotdi. Lekin hozirgi sharoitdan kelib chiqilsa, mazkur holatdagi vaziyatni to'g'ri baholash va malum vaqt atrofdagi chiroyli muhitsiz futbolga ko'nikish va moslashishga to'g'ri keladi.

Garchi Bundesligada o'yinlar muxlislarsiz o'tkazilgan bo'lsada, biroq aynan ishqibozlar bilan bog'liq qiziqarli voqealar kuzatildi. Ayniqsa Dortmundagi derbidan keyin "Borussiya" futbolchilarining stadiondagi "sariq devor" deb nomlangan ashaddiy ishqibozlar tik turadigan tribuna qarshisiga borishi va avvalgidek o'yindan keyin ularga minnatdorchilik tariqasida qarsak chalib, ular hurmat keltirgani hamda g'alabani baribir o'z muxlislari bilan nishonlagani tahsinga sazovor bo'ldi. Bu Dortmund uchun shunchaki har o'yindan keyingi holat emas, balki tarixiy ananaga aylanganiga misol.



SHuningdek, "Kyoln" bo'sh tribunada muxlislarining kiyimlarini qo'yib chiqib, ular doim jamoa bilan ekanligini tasvirlashga urindi.

Berlindagi "Union" - "Bavariya" uchrashuvi paytida esa bir muxlis stadion hududiga daraxtga chiqishni uddalab, to policiya xodimi kelgunga qadar jonli futbolni tomosha qilgani etiborga molik bo'ldi.

To'purarlar poygasiga etibor qaratsak, Robert Levandovskiga raqobat tug'dirmoqchi bo'layotgan Verner turni golsiz o'tkazdi. Peshqadam Levandovski esa penaltidan navbatdagi golini urishga muvaffaq bo'ldi.



Tur raqamlari:

800 - "Borussiya" Dortmund mazkur turda Germaniya chempionatlari tarixidagi o'zining yubiley g'alabasini nishonladi.

1866 - "Bavariya" Germaniya chempionatlari tarixida o'tkazilgan o'yinlar soniga ko'ra "Gamburg"ga etib oldi va bu ko'rsatkich bo'yicha faqatgina "Verder"dan (1891) ortda qolmoqda.

27 - Bundesliganing 26-turida jami 27ta gol urildi.

10 - Mezbon jamoalar 10ta gol kiritishdi. 

17 - Mehmonda o'ynagan jamoalar 17ta gol urishni eplashdi.

5 -  Besh jamoa "SHalke", "Fortuna", "Paderborn", "Xoffenxaym" hamda "Union" turni golsiz o'tkazdi va yana besh jamoa "Bavariya", "Borussiya" D, "Gerta", "Fortuna" va "Paderborn" gol o'tkazmadi.

3 - Uchta o'yin durang bilan tugadi.

5 - "Bavariya", "Gerta", "Borussiya" M, "Bayer" hamda "Volfsburg", jami besh jamoa mehmonda g'alaba qozondi.

1 - Atigi bir mezbon jamoa "Borussiya" D mazkur turda g'alaba qozondi.


«Bundesligadagi ramziy mano»

Bundesliga o'yinlari paytida futbolchilar golni nishonlayotganda masofa saqlayotgani va "jonli devor" paytida bir-biriga yaqin holati aks ettirilgan suratlarni qo'yib, qani bu erda mantiq degan savolga murojaat qilishgan. Guyoki golni masofa saqlagan holda nishonlanayotganiga etiroz.

Birinchidan, bu ramziy mano. SHu bois bu erda mantiqni izlashga hojat yo'q. CHunki eng asosiy maqsad, o'sha futbolni ko'rayotgan tomoshabinlarga futbol tashqaridagi holatda futbolchilar ham malum qoidalarga rioya etayotganliklari, tartib va karantin qoidalariga boshqalarni ham rioya qilishga chorlash sifatida qilingan to'g'ri ish, nazarimda.

Ikkinchidan, golni nishonlash paytidagi masofa saqlash bu shunchaki tavsiya. Qolaversa, gol nishonlash bu o'yin ichidagi jarayon emas. Yani bevosita o'yinga tasir etmaydi. "Jonli devor"dagi vaziyat o'yin ichidagi holat. Futbol paytida bevosita o'yinga tasir qiladigan cheklovlar yo'q, hamma cheklov va istisnolar bu uchrashuv atrofidagi jarayonlar bilan tegishli. Zero futbolni cheklovlar orqali o'ynashning iloji yo'q.

Bundesligada golni aynan masofani saqlagan holda noodatiy tarzda nishonlanayotgani hozirgi karantin rejimiga mos va to'g'ri, menimcha. Yoki jamoaviy rasmga tushilmayotgani ham o'sha ramziy mano sifatida qilinayotgan ish» - Telegram


Saytimizning sahifasida Bundesliga tur yakunlariga bag'ishlangan tahliliy dasturda germaniyalik mutaxassis Miron Goixman bilan Germaniya chempionati muhokama qilindi. Tomosha qiling.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика