So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  6 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  12 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

Turkmanistonning tanish to'p teparlari. Siz ularni yaxshi bilasiz Yangiliklar

Turkmanistonning tanish to'p teparlari. Siz ularni yaxshi bilasiz

O'zbekiston milliy terma jamoasining "CAFA Nations Cup-2023" turniridagi navbatdagi raqibi – Turkmaniston.

Qo'shnilarimiz safida O'zbekiston chempionatidagi o'yinlari bilan tanilgan bir nechta futbolchilar bor. Quyida shu haqda so'z boradi. 

Arslanmirat Amanov 

Qolgan jamoadoshlariga nisbatan mahalliy ishqibozlarimizga juda yaxshi tanish bo'lgan futbolchi Arslanmirat Amanov hisoblanadi. 2015 yilda OKMKdagi faoliyati orqali Superligamizda debyut qilgan universal yarim himoyachi keyingi mavsumlarda "Buxoro", "Lokomotiv" jamoalari sharafini himoya qildi. 2020 yilning boshida ikki yillik tanaffusdan so'ng yana OKMKga qaytdi. So'nggi marotaba "So'g'diyona"da to'p tepgan turkmanistonlik futbolchi yozgi transferlar oynasi vaqtida oilaviy sabablarga ko'ra "Ahal"ga o'tishga qaror qildi. Amanov bugungi kunda Turkmaniston terma jamoasining sardori va eng tajribali futbolchisi. Amanov bir o'zi o'yin taqdirini hal qilib keta oladi, agar orqa chiziqda birgina ochiq hudud qolsa, bu Amanov uchun qulay fursat hisoblanadi. 

O'zbekistonda to'p tepgan klublari: OKMK, "Lokomotiv", "Buxoro", "So'g'diyona".

Umumiy statistiksi: 102 ta uchrashuv, 15 ta gol, 10 ta assist, 10 ta sariq, 1 ta qizil kartochka, O'zbekiston kubogida 7 ta o'yin, 1 ta gol, 2 ta assist, OCHLda 6 ta o'yin 4 ta assist.


Didar Durdiev 

Turkmanistonlik yarim himoyachi Didar Durdiev bir necha mavsum oldin qishki yig'inlar chog'ida “Navbahor”da ham ko'rikda bo'lib, transferlar oynasining oxirgi kunlarida esa “Mashal”ga kelib qo'shilgandi. O'zini ko'rsata olmadi, shekilli, zaxira futbolchisiga aylandi qoldi. Natijada yozgi keldi-ketdilar mavsumida Durdiev ham jamoadan ketdi. 

Statistikasi: 5 o'yin, 129 daqiqa.


Abdi Bashimov

Mazkur futbolchini ham o'zbek futboli ommasi unutganiga ko'p bo'lgani yo'q. 2020 yilning birinchi davrasida "Qizilqum"da to'p tepgan futbolchi 7 ta o'yinda ishtirok etgandi. Esingizda bo'lsa, o'shanda navoyiliklar tarkibida Abdi Bashimov bilan bir qatorda Vazirgeldi Ilyasov ham o'ynagan edi.  


Qo'shimcha

Meylis Diniev - Bu futbolchi o'tgan yili O'zbekiston mezbonlik qilgan U-23 Osiyo Kubogida Turkmaniston terma jamoasi safida yorqin o'yin ko'rsatgan edi. Oradan roppa-rosa bir yil o'tib u milliy jamoaga safida Tojikistonga qarshi bahsda debyut qildi. "Ahal" bilan 2022 yil OCHL guruh bosqichi uchrashuvlarida 6ta o'yinda 404 daqiqa harakat qildi. Qanotlarda yaxshi ochiladigan va to'pni "sevadigan" Meylis chap qanotda vakillarimizga bosh og'riq bo'lishga urinib ko'radi. Ahmad Agamurodov ustozlik qilgan terma jamoadan Velmirat Ballakov ham bugun O'zbekistonga qarshi maydonga tushishi mumkin.


Eslatib o'tamiz, musobaqa 2-turi doirasidagi Turkmaniston – O'zbekiston bahsi bugun Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi. Uchrashuvga "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика