Turkmaniston terma jamoasini xorvatiyalik murabbiy boshqaradi
05 apr 2019 14:53
Yangiliklar


Turkmaniston terma jamoasini xorvatiyalik murabbiy boshqaradi
Turkmaniston terma jamoalarida endi xorvatiyalik murabbiylar ishlaydi.
Xorvatiyalik Ante Mishe futbol bo'yicha Turkmaniston terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda turkmenportal.com sayti xabar berdi. Unga Sandro Tomich yordam beradi. Xorvatiya futboli afsonasi Robert Grdovich Turkmaniston futzal terma jamoasi ustoziga aylandi. Murabbiylar bilan bir yillik shartnomalar imzolandi.
SHu kunga qadar Turkmaniston terma jamoasini Yazguli Xojageldiev boshqarib kelayotgan edi. Aynan ushbu murabbiy qo'l ostida terma jamoa BAAda o'tgan Osiyo Kubogida ishtirok etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar