“Real Madrid“ 33 yoshli hujumchiga qiziqmoqda

Khoja
5 iyun 2025
“Real Madrid“ o'tgan mavsum La Liganing 3-raqamli to'purari Ante Budimir bilan shartnoma imzolamoqchi.

33 yoshli hujumchiga “Real“dan tashqari “Beshiktosh“ ham qiziqish bildirmoqda. Antening “Osasuna“ bilan kelishuvi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan va tovon puli 20 million evroni o'z ichiga oladi. Biroq bu yozda u 8 million evroga tushishi hujumchining shartnomasida belgilab qo'yilgan.

Budimir o'tgan mavsum La Ligada 21 ta gol urdi. U Mbappe va Levandovskiydan so'ng to'purarlar ro'yxatida 3-bo'ldi.




KhojaMuallif
Manba: championat.com