Turkmaniston terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichiga tayyorgarlik doirasidagi ilk o'rtoqlik uchrashuvida g'alaba qozondi
11 okt 2023 19:39
Yangiliklar
Turkmaniston terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichiga tayyorgarlik doirasidagi ilk o'rtoqlik uchrashuvida g'alaba qozondi
"Dubai Sport Siti" stadionida bo'lib o'tgan uchrashuv 3:1 hisobida qo'shnilarimiz foydasiga hal bo'ldi. Turkmaniston terma jamoasi safida Ruslan Mingazov, Murat Annaev va Elman Tagaev raqib darvozasini ishg'ol qilgan.
JCH-2026 saralash o'yinlariga tayyorgarlik doirasida Turkmaniston terma jamoasining Dubaydagi yig'ini 18 oktyabrga qadar davom etadi.
Yig'in davomida Turkmaniston terma jamoasi 15 oktyabr kuni BAA chempioni "SHabab Al Ahli" klubiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, JCH-2026 saralashida Turkmaniston terma jamoasi “E” guruhida Eron va O'zbekiston terma jamoalari bilan bir gurhdan joy olgan. Ushbu guruhdagi to'rtinchi ishtirokchi saralashning birinchi bosqichida doirasidagi Gonkong – Butan juftligi g'olibi bo'ladi.
Turkmaniston terma jamoasi JCH-2026 final bosqichiga yo'l olish uchun kurashni 16 noyabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekistonga qarshi uy uchrashuvidan boshlaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar