So’nggi yangiliklar

19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  0 19:20U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 1:0 (матнли трансляция)  29 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  3 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   17 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3

Turkmaniston chempionati. Gevorkyan gol urgan uchrashuvda “Axal” g'alaba qozondi Yangiliklar

Turkmaniston chempionati. Gevorkyan gol urgan uchrashuvda “Axal” g'alaba qozondi

Qariyb barcha mamlakatlarda koronavirus pandemiyasi tufayli barcha sport musobaqalari, hususan futbol bo'yicha ichki chempionat bahslari to'xtatilganidan xabaringiz bor.

Hozirda davom etayotgan kam sonli chempionatlar qatorida Turkmaniston chempionati ham bor. Kecha mamlakat yuqori ligasining ikkinchi davrasining 8-tur uchrashuvlariga start berildi. O'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Artur Gevorkyan to'p tepayotgan “Axal” jamoasi safarda “Nebitchi” jamoasi mehmoni bo'ldi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Dastlab mezbonlardan Merdan Gurbanov 9-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, 38-daqiqada Gevorkyan gol urib o'rtadagi muvozanatni tenglashtirdi. Ikkinchi bo'limda uning jamoasi ikkinchi golni urdi va ortga uch ochko bilan qaytdi. Qolgan uchrashuvlarda esa quyidagi natijalar qayd etildi.

8-tur, 13 may
“Ashhobod” – “SHagadam” - 1:1.
Gollar
: SHatlik Gurbanov, - 16 – Ixlas Magtymov, 54.

“Marv” – “Oltin Asir” - 0:4.
Gollar:
Mixail Titov 34, Altimurod Annadurdiev 39, Rovshegeldi Halmamedov 78, Merdan Muxadov 90+2 (pen).

“Nebitchi” – “Axal” - 1:2.
Gollar
: Merdan Gurbanov, 9 – Artur Gevorkyan 38, Soxbet Allanurov 69.

Bugun bo'lib o'tadigan “Energetik” va “Kopetdog'” o'rtasidagi uchrashuv bilan mazkur turga yakun yasaladi.




Eslatib o'tamiz, keyingi turni jamoalar 18 va 19 may sanalarida o'tkazishadi. Unda quyidagi o'yinlar bo'lib o'tadi:

“Kopetdog'” – “Ashhobod”
“SHagadam” – “Nebitchi”
“Energetik” - “Marv”
“Axal” – “Marv”


Turkmaniston futbol Federaciyasi rasmiy sayti asosida tayyorlandi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика