Turkmaniston chempionati 19 apreldan davom ettiriladi
10 apr 2020 13:22
Yangiliklar


Turkmaniston chempionati 19 apreldan davom ettiriladi
Qisqa tanaffusdan so'ng, aniqrog'i 19 apreldan oliy liga klublari o'rtasidagi Turkmaniston chempionati davom ettiriladi.
Bu haqda turkmenportal.com sayti xabar bermoqda.
O'sha kuni 4-tur doirasidagi "Oltin Asr" va "Kopetdog'" jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi. 20 aprelda esa "Nebitchi" - "Energetik", "Marv" - "Ashxabad" va "Axal" - "SHagadam" jamoalari o'rtasidagi bahslar o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Turkmaniston futbol federaciyasi tasnifidagi barcha musobaqalar to'xtatilgan edi.
Hozircha Ashxobodning "Kopetdog'" klubi musobaqa jadvalida 7 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
O’xshash yangiliklar
16:07
"Fluminense" Neymarga klublar o'rtasidagi JCHda o'ynashni taklif qildi, ammo forvard "yo'q" dedi 0

Fikrlar