Turkiya Superligasi. "Karagyumryuk" mag'lub bo'ldi, SHukurov 87 daqiqa o'ynab, ogohlantirildi
07 avg 2022 23:30
Yangiliklar
Turkiya Superligasi. "Karagyumryuk" mag'lub bo'ldi, SHukurov 87 daqiqa o'ynab, ogohlantirildi
Turkiya Superligasi 1-turi doirasidagi "Karagyumryuk" - "Alanyaspor" uchrashuvi yakunlandi.
Uchrashuvda Pirlo shogirdlari imkoniyatni boy berib qo'ydi. Mehmonlar tarkibida Eduardu dublga erishgan bo'lsa, Bekiro'g'lu va Yardimji bittadan to'p kiritgan bo'lsa, "Karagyumryuk" tarkibida Fabio Borini va Biraski javob qaytardi. Bahs 2:4 hisobida yakunlandi.
Qayd etish joiz, mezbonlar tarkibida o'zbekistonlik yarim himoyachi Otabek SHukurov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 87-daqiqada zaxiraga olindi. SHuningdek, u 36-daqiqada ogohlantirildi.
"Karagyumryuk" navbatdagi uchrashuvni 21 avgust sanasida "Beshiktosh"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar