Istanbul Anqara to'qnashuvi va etakchilar jangi. Turkiya Superligasi 11-tur prevyusi
09 noy 2019 13:15
Yangiliklar


Istanbul Anqara to'qnashuvi va etakchilar jangi. Turkiya Superligasi 11-tur prevyusi
Qosimposholiklar Istanbulga uchishdi
Avvalgi tur dirasida autsayder jamoa mehmoni bo'lib, kutilmaganda minimal hisobdagi mag'lubiyatni qabul qilib olgan "Fenerbaxche" bu safar o'z uyida yakunlangan haftada muxlislari qarshisida malatyaliklar bilan jangovar durangga imzo chekkan "Qosimposho"ni mehmon qildi.
Fenerbahce Vedat Muriqi - 6', Vedat Muriqi - 44', Serdar Aziz - 59' |
Super Lig . 11-tur 08/11/2019, 22:30 2
:
3
Tugadi
|
Kasimpasa Abdul Khalili - 37', Syam Ben Youssef - 56' |
Stadion: Ulker Stadyumu Fenerbahce Sukru Saracoglu Spor Kompleksi
Autsayderlar jangi
Joriy mavsum hisobidan dastlabki g'alabasini qo'lga kiritganiga hali hech qancha bo'lmagan quyi pog'onalardagi eng so'nggi ikki o'rinni egallab turgan jamoalar "Genchlerbirligi" va "Qaysarispor" o'zaro bahs olib boradi. Mezbonlar hujum chizig'ida Ruminiya milliy terma jamoasi azosi hozirgacha 4 gol urgan Bogdan Stanku va ivuarlik Jovanni Sio 3 ta to'p kiritgan legionerlar harakat qilishadi. O'tgan turda kimsan Istanbul shahri jamoasidan ustun kelgan Xikmat Karaman shogirdlari orasida bir paytlar Angliya Premer-ligasida to'purar bo'lgan 35 yasharli Emmanuel Adebayor va undan bir yosh katta mahalliy muxlislarning yoqimtoyi Umut Bulut bor.
Genclerbirligi Aymen Abdennour - 14', Bogdan Stancu - 81' |
Super Lig . 11-tur 09/11/2019, 17:00 1
:
2
Tugadi
|
Kayserispor Emre Demir - 71' |
Stadion: Eryaman Stadyumu
Bir-biriga o'xshash jamoalar bellashuvi
Musobaqa jadvalida bir hil 11 ochkodan jamg'argan holda, ketma-ket 14-15 pog'onalarni egallab turgan va so'nggi muvaffaqiyatsizliklar natijasida jar yoqasiga kelib qolgan ikki o'rtamiyona jamoa "Rizespor" va "Antalyaspor" o'zaro hisob-kitob qilib olishadi. Rizeliklar oldingi tur doirasida Galata saroyida mehmon bo'lib, javobsiz ikkita gol qabul qilib olishdi va ushbu mag'lubiyat orqali quyi zonaga yaqinlashib olishdi. Antaliya shahri jamoasi esa, o'z maydonida "Beshiktosh"ga imkoniyatni boy berib qo'ygan. Xullas, ayni paytga kelib har ikkala tomonga ham g'alaba suv va havodek zarur.
Rizespor Mohamed Abarhoune - 26' |
Super Lig . 11-tur 09/11/2019, 19:30 0
:
1
Tugadi
|
Antalyaspor |
Stadion: Caykur Didi Stadyumu
Konyaliklar Sivasda mehmon
Joriy mavsumda faqat va faqat sovrinli o'rinlarni maqsad qilgan kuchlilar uchun haqiqiy boshog'rig'i bo'la oladigan ikki asli o'rtamiyona jamoa "Sivasspor" va "Konyaspor" to'qnash kelishadi. Sivasliklar avvalgi tur doirasida debyutantni ishonchli hisob bilan mahv etishgan bo'lishgan bo'lsa, Konya shahri bosh jamoasi autsayder bilan o'z maydonida sulhga rozi bo'ldi. Rizo Kalimbay shogirdlari ajoyib g'alabalarni qo'lga kiritish asnosida 3-o'ringacha ko'tarilib olishdi. Mehmonlar esa, ohirgi paytlardagi ko'rsatgan sust o'yinlari natijasida bazo'r kuchli o'ntalikka ilinib turibdi.
Sivasspor Emre Kilinc - 80', Hakan Arslan - 89' |
Super Lig . 11-tur 09/11/2019, 19:30 0
:
2
Tugadi
|
Konyaspor |
Stadion: Yeni 4 Eylul Stadi
O'rtamiyonalar bahsi
Musobaqaning ko'p yillik etakchi gigant jamoalaridan biri bo'lib kelgan va hozirda o'rtamiyonaga aylangan "Galatasaroy"ga so'nggi vaqtlarda barqarorlik etishmayapti. Ular bu turda o'tgan safar anqaraliklarni er tishlatgan "chaqilmas yong'oq" bo'lgan kam sonli ishtirokchilardan sanalgan "Gaziantep" maydoniga safar qilishadi. Agar mezbonlar g'alaba qozonishsa, etakchilar qatoriga qaytishlari mumkin bo'ladi. Gaziliklar bu mavsum hech bo'lmaganda, evrokuboklarga yo'llanma beruvchi pog'onalar uchun kurashishni maqsad qilishgan.
Gaziantep FK |
Super Lig . 11-tur 09/11/2019, 22:00 2
:
0
Tugadi
|
Galatasaray Omer Bayram - 22', Sofiane Feghouli - 43' |
Stadion: Gaziantep Stadyumu
Etakchi o'rtamiyonaga qarshi
Avvalgi turda turnir jadvali karvonboshiligiga asosiy davogarlardan biri bo'lib turgan Trabzon shahri jamoasini mehmonda munosib tarzda tazirini berib qo'ygan "Gyoztepe" bu safar o'z muxlislari qarshisida yakunlangan hafta kutilmagan ravishda qosimposholiklar bilan o'yinda qimmatli ikki ochkoni boy bergan va ushbu yo'qotishdan keyin bir pog'ona pastlagan "Yeni Malatyaspor" bilan o'zaro bahs olib boradi.
Goztepe Serdar Gurler - 9' |
Super Lig . 11-tur 10/11/2019, 16:00 1
:
1
Tugadi
|
Yeni Malatyaspor Gokhan Tore - 83' |
Stadion: Bornova Stadium
Markaziy o'yin
Joriy turning har tomonlama muhim ahamiyatga ega bo'lgan asosiy uchrashuvida o'tgan turni ochko yo'qotishlar bilan yakunlagan ikki alamzada kuchli klublar "Trabzonspor" va "Alanyaspor" o'zaro jang olib borishadi. Trabzon shahri bosh jamoasi sensacion ravishda gyoztepeliklarga yutqazib qo'yishgan bo'lishsa, musobaqa jadvalida karvonboshilikni hech kimga bermay kelayotgan mezbonlar oldingi hafta "Bashakshehir" bilan ochkolarni bo'lishib olishgandi.
Trabzonspor Majid Hosseini - 67' |
Super Lig . 11-tur 10/11/2019, 18:30 0
:
1
Tugadi
|
Alanyaspor |
Stadion: Senol Gunes Akyazi Stadyumu
Etakchi debyutant qarama-qarshiligi
Ketma-ket jimjimador g'alabalarni qo'lga kiritish asnosida yuksak iroda evaziga har bir uchrashuvda astoydil mehnat qilish orqali haqli ravishda muvaffaqiyatga erishayotgan "Beshiktosh" bu safargi turda o'z muxlislari qarshisida o'tgan haftada sivasliklarni qabul qilib, yana bir bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgan "Denizlispor" bilan bellashib ko'rishadi.
Besiktas Georges-Kevin N'Koudou - 70' |
Super Lig . 11-tur 10/11/2019, 21:00 0
:
1
Tugadi
|
Denizlispor |
Stadion: Vodafone Park
Istanbul Anqara to'qnashuvi
Turni yakunlab beruvchi o'yinda joriy mavsumda ham chempionlikni ko'zlayotgan jamoalardan biri oldingi hafta yaqin raqobatchisiga qarshi uchrashuvda muhim ochkolarni yo'qotgan "Istanbul Bashakshehir" endi o'z uyida so'nggi o'tkazilgan turda muxlislari ko'z o'ngida "Gaziantep"ga yutqazib qo'ygan "Anqaragyujyu"ni mehmon qiladi.
Istanbul Basaksehir Enzo Crivelli - 10', Enzo Crivelli - 77' |
Super Lig . 11-tur 10/11/2019, 21:00 1
:
2
Tugadi
|
Ankaragucu Aydin Karabulut - 87' |
Stadion: Basaksehir Fatih Terim Stadyumu
Xondamir Hakimov tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar