Turkiya Superligasi. 5-tur yakuni. To'rtta bir xil hisobdagi natija yoxud autsayderlar g'alabasi
24 sen 2019 20:12
Yangiliklar


Turkiya Superligasi. 5-tur yakuni. To'rtta bir xil hisobdagi natija yoxud autsayderlar g'alabasi
Autsayder g'alabasi
So'nggi pog'onalarning birida borayotgan "Gyoztepe" joriy mavsum hisobidan dastlabki g'alabasini qo'lga kiritdi. Jamoa hali mag'lubiyat alamini totib ko'rmagan "Konyaspor"ni o'z maydonida minimal hisob bilan taslim etdi. O'yindagi yagona golni Alpaslan Oztyurk 76-daqiqada penaltidan urdi. Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng, mezbonlar quyidan biroz uzoqlashib oldi. "Konyaspor" esa, bir pog'onaga pastladi va 10-o'ringa joylashdi.
Goztepe Alpaslan Ozturk - 76' |
Super Lig . 5-tur 20/09/2019, 23:30 0
:
1
Tugadi
|
Konyaspor |
Stadion: Bornova Stadium
Qosimposholiklar Antaliya shahri jamoasini tor-mor etishdi
SHu turgacha, turnir jadvalida eng quyida joylashgan "Qosimposho" klubi bu safar o'z uyida ohirgi to'rt o'yinda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelgan "Antalyaspor"ni qabul qildi. O'yinda musobaqa bashidan beri yaqqol autsayder bo'lib kelgan mezbon jamoa vakillari yirik hisobda g'alaba qozondi. Gollarga keladigan bo'lsak, Tiam "dubl"ni rasmiylashtirdi va Mustafa Pektemek bitta to'p kiritdi.
Kasimpasa Mustafa Pektemek - 53', Mame Baba Thiam - 60', Mame Baba Thiam - 80' |
Super Lig . 5-tur 21/09/2019, 18:00 0
:
3
Tugadi
|
Antalyaspor |
Stadion: Recep Tayyip Erdogan Stadi
Debyutant yana qoqildi
Bu mavsumda, birinchi ligada kuchli matonat ko'rsatgan va shu orqali elitaga qaytishga muvaffaq bo'lgan "Denizlispor" klubi omadsizliklar iskanjasida qolgan "Qaysarispor" mehmoni bo'ldi. Dastlab, Pedro Enrike gol urdi va mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq, o'yinning 75-daqiqasida Muravski o'rtadagi muvozanatni tikladi va jamoasini navbatdagi mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
Kayserispor Pedro Henrique - 13' Super Lig . 5-tur 21/09/2019, 20:30
Denizlispor Radoslaw Murawski - 74' Stadion: Kadir Has Sehir Stadyumu
Anqaraliklar Istanbulda mag'lub bo'lishdi
Mana ketma-ket ikkinchi o'yindirki, "Anqaragyujyu" jamoasi yutqazib qo'ydi. Bu safar, ular "Fenerbaxche" maydonida alamli tarzda mag'lubiyatga uchradi. Oldiniga Dever Orjill gol urib, hisobni ochishga erishdi. Ammo, voqealar rivoji Anqara shahri jamoasi uchun achinarli ravishda yakun topdi. Avvaliga, Zanka o'rtadagi muvozanatni tikladi. 73-daqiqaga kelib esa, Vedat Muriki g'alaba golini kiritdi va jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.
Fenerbahce Mathias Joergensen - 20', Vedat Muriqi - 73' |
Super Lig . 5-tur 21/09/2019, 23:00 1
:
2
Tugadi
|
Ankaragucu Dever Orgill - 16' |
Stadion: Ulker Stadyumu Fenerbahce Sukru Saracoglu Spor Kompleksi
Etakchilar jangi
Ikki o'yindan beri durangga rozi bo'lib kelayotgan "Rizespor" o'z maydonida bu mavsum yuqori o'rinlar uchun kurashishni maqsad qilgan "Gaziantep"ni qabul qildi. Avvaliga, Muhammad Demir 12-daqiqada chiroyli gol urdi va mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan ko'p o'tmay, Tvumasi farqni ikkitaga oshirdi. Uchrashuvning ikkinchi yarmida, Brayan Samudio to'p kiritdi va muhlislarga umid bag'ishladi. Lekin, o'yin so'nggiga qadar hisob o'zgarmay qoldi va "Gaziantep" juda muhim g'alabani qo'lga kiritib, 3-o'ringacha ko'tarilib oldi.
Rizespor Braian Samudio - 65' |
Super Lig . 5-tur 22/09/2019, 17:00 2
:
1
Tugadi
|
Gaziantep FK Muhammet Demir - 12', Patrick Twumasi - 16' |
Stadion: Caykur Didi Stadyumu
Peshqadam va autsayder bahsida durang
Joriy turgacha yuz foizlik natijani qayd etib turgan va "sensacion" tarzda musobaqa jadvalida karvonboshilik qilayotgan "Alanyaspor" klubi kutilmagan ravishda ochko yo'qotdi. Jamoa o'z uyida bu mavsumda hali biron marta g'alaba qozonmagan "Genchlerbirligi"ni qabul qildi va uchrashuvda murosa ko'chasi tanlandi. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqaning birinchisida mehmonlarning ruminiyalik forvardi Stanku belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi va hisobni ochdi. Ammo, 66-daqiqada Jayxun Gyulselam jamoasini mag'lub bo'lishdan asrab qoldi.
Genclerbirligi Bogdan Stancu - 45' |
Super Lig . 5-tur 22/09/2019, 19:30 1
:
1
Tugadi
|
Alanyaspor Ceyhun Gulselam - 66' |
Stadion: Eryaman Stadyumu
Yonma-yon jamoalar uchrashuvida ham sulh tuzildi
Turnir jadvalining 7-8-o'rinlarini band etib turgan klublar to'nashuvida o'tgan turda jimjimador g'alabalarni qo'lga kiritgan "Yeni Malatyaspor" va "Galatasaroy" o'zaro keskin kurash olib borishdi. O'chrashuvga to'htaladigan bo'lsak, vaqtida Franciya chempionatida etarlicha tajriba orttirgan Jan Mishel Seri 23-daqiqada jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq, mehmon tomon ishqibozlari g'alabani nishonlashni boshlab yuborgan bir paytda, Gilerme gol urdi va "Yeni Malatyaspor"ni hech bo'lmaganda 1 ochko bilan taminladi.
Yeni Malatyaspor Guilherme - 89' |
Super Lig . 5-tur 22/09/2019, 22:00 1
:
1
Tugadi
|
Galatasaray Jean Michael Seri - 23' |
Stadion: Malatya Stadyumu
Navbatdagi 1:1
Joriy mavsumda sira o'ziga o'xshamayotgan "Beshiktosh" o'z uyida Istanbul shag'ri bosh jamoasi "Istanbul Bashakshehir"ni mehmon qildi va durangga imzo chekdi. O'yindagi ikkala gol ham ikkinchi bo'limda urildi. Oldiniga, Krivelli hisobni ochib berdi. Lekin, 84-daqiqada istanbulliklar darvozasi tomon 11 metrli jarima zarbasi belgilandi va uni mezbonlarning shtatli penaltichisi Burak Yilmaz unumli foydalanib, muvozanatni tikladi. SHu tariqa, ikkala jamoa ham muhim ochkolarni yo'qotishdi.
Besiktas Burak Yilmaz - 84' |
Super Lig . 5-tur 23/09/2019, 23:00 1
:
1
Tugadi
|
Istanbul Basaksehir Enzo Crivelli - 54' |
Stadion: Vodafone Park
Raqobatchilar to'qnashuvi
Avvalgi turda Istanbuldan ochko olib qaytgan "Sivasspor" bu safar yaqin raqobatchisi Trabzon shahrining deyarli shu nom bilan ataluvchi jamoasini o'z muhlislari qarshisida mag'lubiyatga uchratdi. Dastlab, mehmonlar Avdiyayning goli evaziga hisobni ochishdi. Birinchi bo'lim ohirida Fernando muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtga qo'shib berilgan so'nggi soniyalar o'tib borayotganda CHiftchi katta sahnaga chiqdi va jamoasiga qimmatli uch ochkoni taqdim etdi. Ushbu g'alaba orqali, mezbonlar turnir jadvalida "Trabzonspor"dan o'zib ketishdi.
Sivasspor Fernando Santos - 41', Ugur Ciftci - 90' |
Super Lig . 5-tur 23/09/2019, 23:00 1
:
2
Tugadi
|
Trabzonspor Donis Avdijaj - 3' |
Stadion: Yeni 4 Eylul Stadi
Xondamir Hakimov tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar