Turk klubi 10ta echki xarid qilish uchun 18 nafar futbolchisini sotdi

Aslanov Jasurbek
16 avg 2018, 13:34
Turkiyaning quyi ligalaridan birida ishtirok etuvchi "Gulspor" klubi 10ta echki xarid qilish uchun yoshlar jamoasining 18 nafar futbolchisini sotib yubordi.

Klub 18 nafar futbolchini 2,2 ming evroga sotdi. "Gulspor" tushgan pulga 10ta echki xarid qildi va ularning sutidan daromad olmoqchi. Turkiya klubi rahbariyati rejalariga ko'ra, sut sotuvidan tushgan pullar jamoa ehtiyoji uchun sarflanadi.

"Foydamiz ko'payadi. Mamlakat ishlab chiqarishiga hissa qo'shdik" - deydi "Gulspor" prezidenti Kenan Buyukleblebia.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: CNN