Turinda 7 ta gol urgan "Milan" haqida 7 fakt
14 may 2021 09:22
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/636887_original.jpg)
![](/upload/storage/636887_220.jpg)
Turinda 7 ta gol urgan "Milan" haqida 7 fakt
Ayniqsa, 2-bahsda 7 ta gol urilgani tufayli ayni paytda "rossoneri" muxlislarining "og'zi qulog'ida". Fursatdan foydalanib "Torino" bilan o'yindan keyin xorij matbuotida "qizil-qoralar" haqida chiqqan eng muhim faktlarni yig'ib, etiboringizga havola qilishga qaror qildik.
1. "Milan" roppa-rosa 25 yildan keyin A Seriyada yana 7 ta gol urdi. "Rossonerilar" safarda 7 ta gol urganiga esa 29 yil bo'ldi (1992 yilning oktyabrida "Fiorentina", 3:7).
2. "Milan" 2012 yilning dekabridan beri "Torino"ni ilk marta safarda engdi.
3. "Milan" joriy mavsum "Torino" va "Yuventus" jamoalarining har 2-sini Turinda engishni uddaladi. Bunaqasi so'nggi bor 1967/68 yilgi mavsumda sodir bo'lgan edi.
4. Frank Kesse — A Seriyaning 1 mavsumida "Milan" tarkibida 10 dan ortiq gol urgan Kakadan keyin (2008/09) birinchi yarim himoyachi.
5. Teo Ernandes — top-5 chempionatlarning so'nggi 2 mavsumida kamida 6 ta gol urgan himoyachilardan biri (ikkinchisi — Robin Gosens).
6. Joriy mavsum 18 bor penalti tepgan "rossonerilar" bu borada A Seriya rekordini takrorladi.
7. "Milan" "Torino"ga qarshi so'nggi 3 o'yinda (A Seriya doirasida) o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan holda g'alabaga erishdi. Bunaqasi 1979 yildan beri ilk bor sodir bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar