So’nggi yangiliklar

09:14Виниcиус «Ман Сити» мухлисларининг осган баннери ҳақида фикр билдирди  7 08:48Бугун ўсмирларимиз Марокашга қарши баҳс олиб боради  3 08:15Икки ярим ой аввал «Қизилқум» билан хайрлашган легионер жамоага қайтмоқда  0 07:50Гвардиола «Реал Мадрид»ган учралган мағлубиятнинг асосий сабабини маълум қилди  38 06:55"Реал" сўнгги дақиқаларда жуда қийин ғалабани қўлга киритди  20 03:00ЕЧЛ. "Ювентус" қийинчилик билан ПСВни мағлуб этди, "Боруссия Дортмунд" эса илк ўйиндаёқ кейинги босқич масаласини деярли ҳал қилди  23 02:58ЕЧЛ. Даҳшатли ўтган ўйинда "Реал"дан 90+2-дақиқада камбэк, Холанднинг дубли ҳам "Сити"га ёрдам бермади  568 01:31"Ал Насср" январда Нуньес учун 75+ млн евро ва бонуслар таклиф қилди, аммо...  0 00:55Пеп Гвардиола нега Грилишни асосий таркибга қўйди?  3 00:41ЕЧЛ. ПСЖ "Брест"га қарши плей-оффдаги биринчи ўйиндаёқ кейинги босқич масаласини деярли ҳал қилди  18 23:06УЕФА Чемпионлар лигаси финалини АҚШда ўтказиши мумкин  12 22:17Родриго "Реал"дан кетиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  10 21:13"Реал" ёзда 120 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  23 20:44"Барселона" Франция чемпионатидан ҳужумчи олмоқчи  7 20:18Дибала Мадридга йўл олиши мумкин  3

SHomurodov "Fiorentina"ga qarshi, "Milan" - "Sampdoriya", Turin derbisi va A Seriya 29-turning boshqa o'yinlari prevyusi Yangiliklar

SHomurodov "Fiorentina"ga qarshi, "Milan" - "Sampdoriya", Turin derbisi va A Seriya 29-turning boshqa o'yinlari prevyusi

A Seriya navbatdagi turida ham bir qator qiziqarli uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

"Milan" - "Sampdoriya"

Piolining baxtiga Donnarummaning testi manfiy javobni berdi, shuningdek, Ante Rebich ham sog'ayib safga qaytdi. SHunday bo'lsada, yana bir qator futbolchilar tiklanish jarayonida: Leao, Kalabriya, Romanoli va Mandjukich bugun jamoaga yordam bera olmasliklari aniq, Braim Dias - esa so'roq ostida. "Sampdoriya" ham yo'qotishlarga uchragan. Etakchilardan biri Ekdalning o'ynamasligi aniq, shu bilan birga Bereshinskiy va Yanktoning ham maydonga tushishi so'roq ostida. Hujumda katta ehtimol Kvalyarella - Gabbyadini juftligini ko'ramiz, ularga orqaroqdan Daamsgard yordam beradi.

Birinchi davra uchrashuvida "Milan" Genuyada (2-1) g'alaba qozongan. Haqli ravishda "rossoneri" bu o'yindan oldin ham favorit deya etirof etilmoqda. Pioli shogirdlari uchun terma jamoalar o'yinlari sabab yuzaga kelgan tanaffus qo'l keldi, ammo genueliklar haqida bunday deb bo'lmaydi. Taxminimizcha Raneri shogirdlari ikkinchi raqam bo'lib harakat qilib, Zlatan va sheriklariga imkon qoldirmay, qarshi hujum uchun qulay fursatni kutib o'ynashadi.


"Atalanta" - "Udineze" 

Bergamolilar uchun asosiy yangilik - Gosensning safga qaytishi, lekin Xatebur bu o'yinda jamoasiga yordam berolmaydi. SHuningdek, test natijalari shubha uyg'otgan Pessina va Toloyning ham maydonga tushishi so'roq ostida. Hujumda Gasperini tanlash imkoniyati mavjud va u termadan kim qanchalik charchoq bilan qaytganiga etibor qaratsa ajab emas. Gotti mamnun bo'lishi mumkin, sababi Pussetodan boshqa barcha o'yinga tayyor. "Udineze" Gasperini jamoasi taktikasiga ko'zgu tutsa kerak, faqatgina shu yo'l bilan ularni muammoga duchor qilish mumkin.

Birinchi davradagi bahsda "Udineze" va "Atalanta" murosa ko'chasini tanlashgan (1-1). Bo'lajak o'yindan avval "bergamoliklar" yaqqol favorit. Terma jamoalar o'yinlaridan keyin "Atalanta" ko'pincha qiynaladi, ammo nima bo'lsa ham o'z uyida harakat qiluvchi Gasperini shogirdlaridan yorqin o'yin kutish mumkin.


"Torino" - "Yuventus" 

"Buqalar" lageridan yaxshi xabarlar keldi, terma jamoalardan qaytgan futbolchilar test topshirgan va hech kimda hech qanday muammo yo'q. Bu esa tarkibda butkul yo'qotish yo'qligini anglatadi. Bosh murabbiy Nikolada tanlash uchun variantlar etarli va u derbida qanday harakat qilishi anchayin qiziq. "Yuventus"da Buffon diskvalificiya qilingan, Bonuchchi esa koronavirus bo'lib qolgan. SHuningdek, bu uchrashuvda Demiral va Aleks Sandro ham maydonga tusholmaydi. Dibala, Artur va Makkeni esa do'stlar davrasida bo'lib o'tgan shov-shuvli bayram sabab qaydnomaga kiritilmadi. Lekin Krishtianu ajoyib sport formasida va chempionat to'purarlari poygasida kurashni davom ettirish uchun shay.

Umuman olganda Turin derbisi doim diqqatni torta olgan. Avvalgi uchrashuvda "Yuventus" 2-1 hisobida zafar quchgan va bo'lajak o'yindan avval ham aynan u favorit. Jamoa ko'plab ochko yo'qotdi va etakchilarni yanada uzoqlashtirib yuborishga haqqi yo'q. Biroq "buqalar" ham osonlikcha taslim bo'lmasliklari turgan gap. Ularning ham o'z muammosi bor, "Torino" A Seriyada jon saqlash haqida bosh qotirmoqda.


"Jenoa"-  "Fiorentina"

Amalda bu yaqin o'tmishda RPLda to'p tepgan ikki hujumchi dueli bo'lishi mumkin edi. Biroq Aleksandr Kokorin bu o'yinda maydonga tushmasligi aniq bo'lib ulgurdi. Boshqa yo'qotishlar yo'q va Yakini o'zining yangi-eski jamoasida barcha futbolchilar xizmatidan foydalana oladi. Biroq katta o'zgarishlar kutishga xojat yo'q. "Jenoa" esa Luka Pellegrini xizmatlaridan foydalana olmaydi, boshqa etakchilar safda. Balardini bu safar hujum chizig'ida kimlarni asosiy tarkibda maydonga tushirishi qiziq, hujumchilar o'rtasida kurash chindan murosasiz.

Oxirgi o'zaro uchrashuvda durang qayd etilgan - 1-1. Bu safargi o'yindan avval esa bukmekerlar "grifonlar"ga past baho bermoqda. "Fiorentina" ularning fikriga ko'ra bo'lajak bahs favoriti ekan. Ha, murabbiy almashishi futbolchilarni "uyg'otishi" mumkin, umuman olganda "fialkalarning" tarkibi ham anchayin qiziqarli, biroq "Jenoa" bu yil o'z maydonida hali yutqazmaganini unutmaslik lozim. Vaholanki o'tgan davrda bu erga "Milan" ham, "Napoli" va "Lacio" ham mehmonga tashrif buyurgandi.


"Bolonya" - "Inter"

Sinishi Mixaylovich tarkib tufayli katta muammolarga duch kelgan. Skoropuski kovid bo'lgan, Palasio va Santander ham o'yinni o'tkazib yuborishi aniq. SHuningdek yana Berrou va Faragoning ham maydonga tushishi katta so'roq ostida. Ko'p narsa Orsolinining sport formasiga ham bog'liq, uning elkasiga kreativ qarorlar qabul qilish muammosi tushadi. "Inter" uchun asosiy yangilik Xandanovich va  De Vreyning safga qaytgani bo'lmoqda. Har ikki futbolchi o'yinni startda boshlashi mumkin. Boshqa "syurprizlar" bo'lmasa kerak. Konte oxirgacha Galyardini yoki Eriksendan birini tanlashi zarur.

So'nggi marta "Inter" o'z uyida ortiqcha qiyinchiliksiz "Bolonya"ni taslim qilgandi. Mehmonda bo'lsada, "neradzurri" favorit hisoblanadi, qo'shimchasiga "rossoblu"ning muammolarini inobatga olsak. Albatta, Mixaylovich uchun bu bellashuv juda muhim, uning jamoasi ham kurashishni yaxshi ko'radi, lekin hozirgi "Inter"ni to'xtatishi - o'ta qiyin vazifa.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика