So’nggi yangiliklar

00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 00:15Франция - Бельгия  3 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  3 23:20Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  1 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  3 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  6 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7 21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  4 20:38Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон ўйинини ким бошқаради?  2 20:25"Роналду — андоза"  10 20:03"Олимпик" назорат беллашувида "Сурхон"га ҳеч қандай имкон қолдирмади  0 19:44Ўзбекистон МТЖ ўйинолди расмий машғулотини ўтказди. Муҳокамаларга сабаб бўлаётган майдон ҳолати қанақа?  14 19:31Долен Омурзаков номидаги стадион Қирғиз Республикаси – Ўзбекистон баҳсига шай!  14 19:12Абдулла Абдуллаев ва Ботирали Эргашев Қирғиз Республикаси билан ўйин олдидан интервью берди  3

Turg'unboev va Fortes uchun atalgan bo'limlar, Vadim Abramov stadiondan kuzatib brogan AGMK – “Paxtakor” o'yini haqida Yangiliklar

Turg'unboev va Fortes uchun atalgan bo'limlar, Vadim Abramov stadiondan kuzatib brogan AGMK – “Paxtakor” o'yini haqida

Teglar :  AGMK Paxtakor
O'zbekiston Superligasining 2021 yilgi mavsumi ajoyib ruhda boshlandi va shunday davom etmoqda.

Bu shijoat to'xtab qolmasligiga umid qilamiz. 3-tur uchrashuvlari bugundan start oldi. Turning dastlabki uchrashuvi Yaypanda “Turon” – “Lokomotiv” jamoalari o'rtasida kechdi. Bahs jangovar durang (2:2) bilan yakuniga etdi. Ikkinchi o'yin esa Olmaliqda AGMK – “Paxtakor” jamoalari o'rtasida kechdi. Ushbu o'yin ham Yaypandagi bahsdan qolishmadi. Bahs haqida so'z yuritamiz.

Turg'unboevga atalgan bo'lim


Uchrashuvning ilk daqiqalari biroz xotirjamlikda, lekin biroz vaqt o'tgach shiddatlashishi kutiladigan o'yin bilan boshlandi. “Paxtakor” jamoasi o'z hujumlarini boshladi. 10-daqiqada chap qanotdan uzatilgan to'pni Sultonov qaytardi, qaytgan to'pni Muhitdinov darvozaga yo'lladi, to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi. Bu boshlanishi edi va 14-daqiqada toshkentliklarning yarim himoyachisi SHarof Muhitdinovning chap qanotdan uzatilgan to'pni Azizbek Turg'unboev darvozaga aniq yo'llay olmadi. Bu Azizning birinchi yurishi edi va omadsiz chiqdi. Oradan hech qancha o'tmay himoyaga yordamga kelgan Turg'unboev “qovun tushirishi”ga oz qoldi. U sirpanib tushib to'pni raqib futbolchisiga berib qo'ydi, Husniddin G'ofurovga olib qo'ygan to'pni darvozaga yo'lladi biroq unga himoyachilar halaqit berishdi, qaytgan to'pga zarba bergan Sanjar Tursunovning zarbasidan keyin esa adashi Sanjar Quvvatov to'pni ushlab oldi. SHundan so'ng AGMKning hujumlari to'xtab qolmadi. Olmaliqlarning niderlandiyalik legioneri Elvin Fortes o'yinda juda faol harakat qildi, ayniqsa 2-bo'limda. Qanot vingeri toshkentliklarni anchagina qiynab qo'ydi. Futbolchi shu darajada davom etsa yaqin yillarda Dragan CHerandan keyin kelgan o'yin jihatdan ustun legioner bo'lishi mumkin.



27-daqiqada Sardor Rashidovning burchak zarbasidan uzatgan to'pini Aziz Turg'unboev boshi bilan darvozaga yo'llab, hisobni ochdi. Goldan ruhlangan jamoa yana oldinga borishda davom etdi. Birinchi gol muallifi Aziz Turg'unboev qanotdan oldinga shturm uyushtirdi. Himoyachilarni aldab o'tib, to'pni yonginasidagi Eren Derdiyokga uzatdi. Legioner hujumchi vaziyatni golga aylantira oldi – 0:2. AGMK jamoasi shundan so'ng yanada hujumlarga zo'r berdi. 40-daqiqada bahsli vaziyat ham yuzaga keldi. Kasyanning yaqin masofadan tepgan to'pini Sanjar Quvvatov mahorat ko'rsatib qaytarib yubordi. Kasyan esa Sanjar Quvvatovga urilib yiqildi, biroq bosh hakam bu vaziyatda penalti yo'q deb hisobladi. Ushbu vaziyatdan so'ng biror aytarli holat bo'lmadi.

AGMK “yondirgan”, biroq “Paxtakor” natija qilgan 2-bo'lim haqida


Ikkinchi bo'limda Mirjalol Qosimov o'z shogirdlarini o'zgarcha ruhda maydonga tushirdi. Jamoa hujumlarga tez-tez o'tdi. Xavfli hujumlarning soni ham yaxshigina edi. 57-daqiqada Husniddin G'ofurovning uzatgan to'pini Elvin Fortes golga aylantira olmadi. Uning bergan zarbasi darvozaning tashqi to'riga tegdi. 66-daqiqada ham yana o'sha niderlandiyalik o'zini ko'rsatdi. Jarima maydoni ichkarisidan yo'llagan zarbasini Sanjar Quvvatov ishonchli tarzda qaytarib yubordi. 76-daqiqada AGMKda yana bir xavfli hujum yuzaga keldi. Zaxiradan maydonga tushgan Sanjar SHoahmedov Husniddin G'ofurovga to'pni uzatdi. G'ofurov Sayfievni yaxshi aldab darvoza tomon zarba berdi, biroq anchagina noaniq bo'ldi. Uchrashuvning 90-daqiqasida AGMK “Paxtakor” darvozasiga to'p ham kiritdi, biroq mazkur gol o'yindan tashqari holatda bo'lganligi ayon bo'ldi. Takroriy lavhalarda Boburbek Yo'ldoshev to'p uzatilayotganda biroz “sherlar” azolaridan oldinga o'tganligi ko'rindi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda “Paxtakor”ning chap qanot himoyachisi IbrohimHalil Yo'ldoshev jarima maydoni ichida darvoza tomon kuchli zarba berdi va hisobni 0:3 ga etkazib, o'yinga nuqta qo'ydi.

Afishasiga mos tarzda o'tgan turning markaziy uchrashuvi shunday yakun topdi.



Murabbiylar fikri

Video. Mirjalol Qosimov: "Futbol shunday narsaki, unda gol urmasang, nimadandir umid qilish qiyin"         

Video. Piter Xyuistra: "Bugun yaxshi o'ynadik va g'alaba qozondik"        

 

Abramov Olmaliqda!

Uchrashuvni stadiondan turib O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiy Vadim Abramov ham kuzatib bordi. Malumot uchun, terma jamoaning mart oyi uchun yig'iniga “Paxtakor”dan Eldor Suyunov, Egor Krimec, Farrux Sayfiev, IbrohimHalil Yo'ldoshev, Hojimat Erkinov, Humoyun Iminov, Sardor Sobirxo'jaev, Sardor Rashidov, Abrorbek Ismoilov, AGMKdan esa faqat Sanjar SHoahmedov chaqirilgan.




Og'abek Samisov





Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика