So’nggi yangiliklar

02:48Либертадорес Кубоги учрашуви вақтида ноҳуш ҳолат рўй берди  1 02:40Испания. "Валенсия" мағлуб бўлди, марказий ўйинда меҳмонлардан ғалаба  2 02:11Франция. Мбаппесиз ПСЖ иккинчи ўйинда 6та гол урди  1 01:42УХХХХХХ!! "Байер" 90+11-дақиқада ғалабани илиб кетди  2 00:50"Барселона" футболчиси сафдан чиқди  1 00:34"Жирона" рекорд трансферни амалга оширди  3 00:14Бум! Лукаку Италиянинг бошқа жамоасига ўтмоқда  2 23:57"Ювентус"нинг Санчо билан шартнома имзолаши учун биргина муаммо ҳалақит қилмоқда  1 23:44ЛаЛига. Туннинг марказий баҳси асосий таркиблари маълум!  4 23:22Эрон. "Истиқлол" пенальтилар эвазига 1 очкони қўлга киритди  2 22:56Франция. ПСЖ – "Монпелье" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 22:31Бундеслига старт олмоқда! Мавсумнинг очилиш ўйини учун асосий таркиблар эълон қилинди  1 22:30Ким сизга ўзбек футболи савияси ўсяпти деб айтса, ишонманг  30 22:10Расман: Сержи Робертонинг янги клуби маълум қилинди  6 21:53"Барселона" 22 ёшли футболчи билан 5 йиллик шартнома имзолади  4

“Turg'unboev serialidagi kulminaciya”: Agent tilga kirdi, Turg'unboevni katta jarimalar va diskvalifikaciya kutishi mumkin Yangiliklar

“Turg'unboev serialidagi kulminaciya”: Agent tilga kirdi, Turg'unboevni katta jarimalar va diskvalifikaciya kutishi mumkin

Transfer bozoridagi Aziz Turg'unboev nomli serialga aylangan mashmasha hali ham davom etmoqda.

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi yangi yilning ilk kunida yangi xarid - Aziz Turg'unboevni transfer qilganini elon qildi. Unga ko'ra, Turg'unboev "Paxtakor" bilan 2 yillik bitimga imzo chekkani aytildi.

Oradan ko'p o'tmasdan "Navbahor" vaziyatga tushuntirish berish maqsadida futbolchi bilan amalda shartnoma uzaytirilgani haqida bong urdi.

O'rtada futbolchi aslida kimga tegishli degan o'rinli savol paydo bo'ldi.

O'sha kunni o'zidayoq Aziz Turg'unboev namanganlik mobil muxbirimizga uni "Paxtakor" rahbariyati to'g'ri tushunishidan umidvorligini malum qildi. Ammo yuragi "Navbahor"dagiligi takidlab, faoliyatini Namanganda davom ettirmoqchiligini elon qildi.

Oradan malum vaqt o'tdi. Lekin hozirgacha Aziz Turg'unboevni aynan qaysi jamoa vakili ekanligini haqiqati butkul ochilgani yo'q.
Yaqinda OCHLda o'ynaydigan jamoalarimiz PFLga yangilangan tarkibni rasmiy ro'yxatdan o'tkazish jarayonini amalga oshirishdi. Unga ko'ra, "Paxtakor" amalda shartnomasi mavjud bo'lgan futbolchisi Aziz Turg'unboevni OCHL-2019 uchun rasman ro'yxatdan o'tkazgani PFL rasmiy saytida elon qilindi.

Rasman Turg'unboev bilan shartnomasi mavjud bo'lgan agent Aleksandr Mitrofanovning iddao qilishicha, mijozi namanganliklar bilan bitimni uzaytirganidan xabari yo'q va Turg'unboev FIFA reglamentini hurmat qilishiga ishonmoqda. Agentning ishonch bilan takidlashicha, Turg'unboev barcha hujjatlarga asosan rasman "Paxtakor" tegishli.

Quyida Mitrofanov va Turg'unboev o'rtasidagi bitimni havola etamiz:


Mazkur chigal holatga aniqlik kiritish maqsadida biz Turg'unboevning agenti Aleksandr Mitrofanov bilan bog'lanib, bazi savollarga javob izladik.

- Aleksandar, dastlab qanday qilib Turg'unboevning agentiga aylanib qolganingizni so'zlab bersangiz?
- Men anchadan buyon agentlik biznesi bilan shug'ullanaman. Asosiy faoliyatim Rossiya va Qozog'istonda kechadi. Ammo O'zbekistonda ham ko'plab do'stlarim borligi sabab mazkur chempionat hamda O'zbekiston terma jamoasi o'yinlarini kuzatib boraman. Aziz Turg'unboev o'yinini birinchi marta 2017 yil ko'rganman va o'sha yilning 15 dekabr kuni shartnoma tuzgan edik.

- "Navbahor" rahbarlari bilan suhbatlashganmisiz?

- Ha, Aziz bilan dastlabki hamkorligimiz "Navbahor" bilan shartnomani uzaytirish bo'lgan. Ammo hamkorligimiz faqat shu bilan chegaralanib qolmagan. Biz doim Aziz bilan aloqada bo'lganmiz, uning o'yinlarini muhokama qilardik. Bundan tashqari, Azizni nafaqat manan, balki moliyaviy tomonlama ham qo'llab-quvvatlardim. Sir emaski, "Navbahor" bilan dastlabki shartnoma juda kichik shartlar asosida tuzilgan. SHu bois Azizga o'sha vaqtda moliyaviy yordam zarur edi. Masalan, zarur paytda men unga eng so'nggi modeldagi butsalar sotib olib berardim. Yana boshqa holatlar ham bo'lgan, ammo hozir ularni aytishni xohlamasdim. Aytmoqchimanki, bizning hamkorligimiz faqat klublar o'rtasidagi muzokaralar bilan cheklanib qolmagan. Haqiqiy agentlar o'z mijozlarini faqat futbol olamida emas, balki oddiy hayotda ham olg'a boshlashlari lozim.

- Azizning "Paxtakor"ga transferi qachon va qanday sodir bo'ldi?

- FIFA reglamentiga ko'ra, futbolchining shartnomasi tugashiga 6 oydan kam muddat qoladigan bo'lsa, unda u bemalol boshqa klub bilan muzokara o'tkazishga haqli. SHu sababli biz mijozim bilan yanada mashhurroq bo'lgan klubga o'tish ishlarini boshlab yubordik. CHunki Azizning o'zi kuchliroq klubga o'tishni istagandi. Men unga bir qator variantlar taqdim etdim, ular orasida xorij klublari ham bor edi. Lekin Aziz "Paxtakor"ga o'tishni xohladi. Mazkur transfer borasida men bilan "Paxtakor" sport direktori Jafar Irismetov bog'landi. Irismetov bilan birga Maxachqalaning "Anji" klubida o'ynaganmiz va yaxshi aloqalarimiz saqlanib qolgan. Men "Paxtakor"ga o'z mijozim bilan shartnoma tuzish borasida eksklyuziv huquqni berdim. CHunki o'sha vaqtda meni o'zim Toshkentga bora olmadim. Bunga ehtiyoj ham sezmadim, chunki Jafarga to'liq ishonardim. Tez orada Aziz "Paxtakor" bilan shartnoma tuzdi. Bu yoz fasli oxiri kuz fasli boshida ro'y berdi. Bu transferni rasmiylashtirish uchun transfer oynasi ochilishini kutdik. Keyin transferni ro'yxatda o'tkazishda qandaydir muammo kelib chiqdik, biz "Paxtakor" bilan qaytadan shartnoma tuzdik. SHunday ekan, Azizning Toshkent klubiga o'tish istagi dekabr oyida ham yo'qolmadi.

- "Navbahor" siz bilan aloqaga chiqdimi?
- Yo'q, hech kim men bilan aloqaga chiqqani yo'q. SHu bois menga uning "Navbahor" bilan yangi shartnomasi borasida hech narsa malum emas.

- Aziz bilan shartnomangizda shunday vaziyat uchun band bormidi?
- Ha, shunday band bor. Aziz mening roziligimsiz hech qanday shartnomaga qo'l qo'yish huquqiga ega emas. Aks holda u 100 000 evro jarima to'lashi kerak bo'ladi. Ammo gap pulda emas, shaxsan men Aziz FIFA reglamentini buzishiga ishonmayman.

- Konkret savol: ayni paytda Aziz Turg'unboev qaysi klub azosi?

- FIFA reglamenti va barcha qonunlarga ko'ra, Aziz Turg'unboev ayni paytda "Paxtakor"ga tegishli futbolchi.

Ko'rib turganingizdek, Aziz Turg'unboevning agenti mijozini "Paxtakor" azosi ekanligini takidlamoqda. Lekin futbolchi hozirda “Navbahor” safida yangi mavsumga taraddud ko'rmoqda. Klub bilan 2020 yilga qadar shartnomasini uzaytirganini iddao qilayotgan namanganliklar hozircha mazkur shartnomani havola etishgani yo'q yoki rasman ro'yxatdan o'tkazishgani haqida elon qilishmadi.

Biz klub matbuot xizmati bilan bog'lanishga urinib ko'rib, mazkur holat va futbolchining shartnomasini taqdim etishlarini so'rashga urindik. Ammo hozircha klub matbuot xizmati bilan bog'lanishning imkoni bo'lmayapti.

Bo'lib o'tgan voqealar shuni ko'rsatmoqdaki, Aziz Turg'unboevda ayni paytda ikkala klub bilan shartnomaga imzo chekkan bo'lishi mumkin. Har holda "Paxtakor" ushbu transferni rasman amalga oshirgan va OCHL uchun ro'yxatdan o'tkazishga ham ulgurgan. Turg'unboev esa yangi mavsumga taraddudni "Navbahor" bilan davom ettirmoqda. Mazkur voqealar rivoji Turg'unboevda "Navbahor" bilan ham rasman shartnoma mavjudligi ehtimolini oshiradi. Agarda shunday bo'ladigan bo'lsa, unda Aziz Turg'unboevni katta jarima va uzoq muddatli diskvalifikaciya kutmoqda.

Qayd etish kerakki, futbolchi bir vaqtning o'zida ikki yoki undan ko'p klub bilan mehnat shartnomasini imzolashga huquqiy jihatdan haqqi yo'q. Agarda shunday holat kuzatiladigan bo'lsa, unda Aziz Turg'unboev ishi avtomatik ravishda tartib-intizom qo'mitasi tomonidan ko'rib chiqilishi hamda reglamentga binoan 500 millionga qadar jarima va 6 oyga futboldan diskvalifikaciya qilinishi shart.

Quyida PFL reglamentining mazkur holat bo'yicha bandi bilan tanishasiz:


Aziz Turg'unboevning mazkur chigal holati va qaysi jamoa azosi ekanligini aniqlashdagi muammo futbolchi tomonidan yagona yo'l qo'yilgan xato emas. Gap shundaki, Aziz Turg'unboev 2017 yilning 15 dekabr kuni futbol agenti bo'lgan Aleksandr Mitrofanov bilan 2027 yilga qadar o'zaro hamkorlik shartnomasiga imzo chekkan. SHartnoma shartiga ko'ra, futbolchi agenti ishtiroki yoki roziligisiz boshqa klub bilan mehnat shartnomasi tuzsa, unda agentlikka 100 ming evro jarima to'lab berishi talab etiladi.

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, Aziz Turg'unboevning endi gullayotgan faoliyatiga mazkur holat putur etkazib qo'yish ehtimoli yo'q emas. Agarda "Navbahor" hozir futbolchi bilan o'rtadagi shartnomasini taqdim etadigan bo'lsa, unda yuqorida qayd etilganidek Turg'unboev jarimalar girdobida va diskvalifikaciya xavfi ostida qoladi. CHunki "Paxtakor" futbolchi bilan o'zaro shartnomasini PFLga taqdim etgan holda Turg'unboevni OCHLda ro'yxatdan o'tkazishga ulgurgan. Rasman "Paxtakor" futbolchisi sanalgan Turg'unboev esa "Navbahor"da shug'ullanib yuribdi.

Klublar va PFL tezda mazkur holatga aniqlik kiritib, echim topishmasa, unda OFK yoki FIFA aralashishiga to'g'ri keladi. Bu esa yaxshi oqibatlarni taqdim etmaydi.


SHahboz Beg'amov va Narzulla Saydullaev 

Reyting: -121   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика