So’nggi yangiliklar

11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  1 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  6 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  3 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  10 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  18 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  15 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  13

Tur xatosi Yangiliklar

Tur xatosi

Kechagi "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvi haqida gaplashmoqchiman.

Uchrashuvga tayyorlagan prevyu sarlavhasida "O'yin taraflama O'zbekistonning eng kuchli jamoalari to'qnashuvi" tarifi ishlatgandim. Kechagi bahsda mazkur tarif naqadar to'g'ri ekanligi yana bir bor isbotlandi, chamamda.

Ochig'ini aytaman, kechagi o'yin haqida yangi loyiha orqali to'xtalishni reja qilgandim. Xudo xohlasa loyiha to'liq tayyor bo'lgach o'sha nigohda kechagi bahsni yana bir bor "ko'rasiz". Bu haqda sal keyin, pastroqda batafsilroq to'xtalaman. Lekin o'yindagi hakamlik va shuning natijasida sodir bo'lgan bahsli holatlar loyihaga qadar ham o'yinga boshqacha rakursdan qarashda undadi. Dastlab kecha "Paxtakor" stadionida o'tgan ajoyib futbol haqida to'xtalaman.


BENAZIR FUTBOL

Tan olaylik, garchi bahs va munozaralarga sabab bo'lgan vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, o'yin, maydonda kechgan shiddatli futbol kishini quvontirdi. Aynan mazkur o'yinlar orqali futbolimiz o'sishiga umid qilsak bo'ladi. Garchi yosh tarkibi bilan bo'lsada "Nasaf" tajribali va grand raqib qarshisida dovdirab qolmadi, aksincha, o'yin yakuniga qadar mezbonlarni malum vaqt dovdiratib qo'yishni ham uddaladi. O'yin taraflama jamoalar bir-biriga munosibligi uchrashuvdan avval har ikkala klub vakillaridan tomonidan yangragandi. Muxlis va mutaxassislar ham  jamoalarning o'yin sifati yuqoriligini takidlab, chiroyli bahs guvohiga aylanishlarini taxmin qilishgandi. Garchi yosh va tajriba o'rtasidagi tafovutga qaramasdan jamoalar bir-biriga munosibligi aytilgandi. Yakunda ham bu o'z tasdig'ini topdi.

Birinchi bo'limda "Paxtakor" nisbatan faol va ustunlik bilan o'ynadi. Ro'ziqul Berdiev esa tanaffusdan keyin "Nasaf"ni butkul o'zgartirib yuboradigan so'zlarni topgani va taktik sxemani o'zgartirish orqali o'yinga burilish yasaganiga guvoh bo'ldik. "Paxtakor" esa yakunda baribir o'z maqsadiga erishdi. Jamoa yoshlar bilan oxirigacha kurashib, xarakter evaziga to'pni raqib darvozasi tomon ikkinchi marotaba kiritishni uddaladi. Bu qanday va qay tarzda kiritilgani ikkinchi masala. Yani maydondagi uchta jamoa - "Paxtakor", "Nasaf" va hakamlar guruhi o'z ishini bajardi. Kim o'z ishini qanday bajargani boshqa savol. Og'riqli savol. SHuni katta ishonch bilan aytish mumkinki, jamoalar kecha futbol o'ynashdi. "Paxtakor" ham, "Nasaf" ham o'yin taraflama o'z muxlislariga yomon taassurot qoldirishmadi. Uchinchi "jamoa" haqida yaxshi xulosa berish mushkul.

"Paxtakor"ning kechagi uchrashuvga tanlagan tarkibi ikki jihatga borib taqaldi. Birinchisi jarohatlar evaziga yuzaga kelgan yo'qotishlar natijasida markaziy himoyada rotaciyaga qo'l urish. SHuningdek, bir chiziqda ushbu rotaciya amalga oshirilgach, qolgan nuqtalarda ham mavsum startida asosan zaxirada qolib ketgan futbolchilarga imkoniyat taqdim etish orqali bazi etakchi futbolchilarga OCHLdagi muhim bahs oldidan dam berish. Yani, Arveladze OCHLda "Al Sadd" bilan bo'ladigan bahsda himoya markazidagi tandem bo'lishi kutilayotgan Simich va Azamovga o'zaro o'yin ko'nikmasini yanada shakllantirib olishi uchun jarohat tufayli imkoniyat berolmadi.

Natijada jarohatlangan, ammo "Al Sadd" bilan o'yinda tushishi kerak bo'lgan Azamov va Simich borasida tavakkalga qo'l urilmadi. Yangi mavsumda OTJ va "Paxtakor" safida uzluksiz o'ynab kelayotgan Xojiakbar Alijonovga ham hordiq taqdim etildi. Alijonov tushirilmagach, asosiy tarkibda 23 yoshdan yoshroq futbolchini tushirish majburiyatini inobatga olib, Hamdamovga ham dam berildi va Jasur Yaxshiboev boshlang'ich tarkibdan o'rin oldi. Tarkibda shuncha o'zgarish yuzaga kelgani bois, Arveladze rotaciyani butkul amalga oshirishni rejalashtirdi va natijada jamoaning asosiy etakchisi bo'lmish Dragan CHeranga ham nafasni rostlab olish imkoniyati berildi. SHu bilan birgalikda Akrom Komilov va Javohir Sidiqov kabi yangi kelgan futbolchilar o'z imkoniyatlarini olishdi.

Balki shu boisdan ham "Paxtakor" yangi mavsumda qo'yayotgan yuqori plankadagi muxlislar kutgan agressiv va jangovor o'yinni dastlabki daqiqalardanoq namoyish etolmadi. CHunki qator o'zgarishlar va rotaciyalar jamoaning yo'lga qo'yilgan o'yinini bir maromda ketishini sekinlashtirib qo'ydi. Yana bir muhim jihat shuki, FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan "pauza" terma jamoaga ko'plab futbolchilarini beradigan grand jamoalarga o'yin taraflama o'z tasirini ko'rsatmasdan qolmaydi.

Evropada ham aynan FIFA kunlaridan keyingi tur o'yinlarida ko'plab grand jamoalar odatda ochko yo'qotishadi. O'yinlarida o'zgarish kuzatiladi. O'tgan yilgi kuzda tezlik olgan "Paxtakor" ham o'shanda FIFA kunlaridan keyin o'yin sifatini qayta tiklolmaganini eslash kifoya. To'g'ri, bu gal Arveladze jamoasida natija borasida pasayish kuzatilmagan bo'lsada, rotaciya va mazkur "pauza" jamoaning o'yin sifatiga tasir qilmasdan qolmadi. Garchi o'yin sifati pasaygan bo'lsada, jamoada xarakter yanada yaxshi shakllangani tufayli bu jihat natijaga tasir etmayapti.

"Nasaf"da "Paxtakor" kabi rotaciyaga qo'l urilsa zaxiradan tushiradigan futbolchilar borasida keng tanlov yo'q. To'g'ri, futbolchilar bor, iqtidorli va istedod sohiblari etarlicha. Ayniqsa kechagi bahsda, katta o'yinda ular o'zlarini minglab futbol ihlosmandlari qarshisida, teleekran orqali kuzatib turgan tomoshabinlarga nimalarga qodir ekanliklarini amalda ko'rsatishdi. Tablodagi yakuniy hisob kechagi uchrashuvni qanday o'tganiga xolis baho berolmaydi. Bu aldamchi. O'yin bo'yicha, uchrashuvga bo'lgan munosabat va ishtiyoq orqali "Nasaf" kecha hecham yutqazmadi. Kamida yutqazmadi. Kechagi "Nasaf" mag'lubiyatga loyiq o'ynadi, degan muxlis yoki mutaxassisni uchratmadim, yoki shunday fikrga ko'zim tushgani yo'q.

Berdiev kechagi muhim o'yinda mavjud yosh tarkibidagi etakchilar xizmatidan foydalana olmadi. Aziz G'aniev garchi mashg'ulotlarni boshlagan bo'lsada, shoshib uni maydonga qo'yib tavakkal qilish yaramaydi. SHarof Muhitdinovda ham kichik jarohat mavjud. Bobir Abdixoliqov esa OTJ ixtiyoridan jarohatlanib qaytgan. Etibor bering, mavsum oldidan shuncha etakchi futbolchilaridan ayrilgan,  yosh tarkib bilan qolgan "Nasaf"ning mavjud tarkibidagi asosiy "qurollari"dan Berdiev foydalana olmadi. Lekin kechagi bahsda reja tuzishda va taktik yondoshuv orqali raqibga syurpriz tayyorlashda Berdievga bu yo'qotishlar ham to'sqinlik qilolmadi.

Tushuntiraman, dastlabki ikki turda o'ng qanot himoyasida o'ynagan va har ikkala bahsda jamoaning muhim gollarini urgan Dilshod Saitov zaxirada qoldirildi. Nega? CHunki Berdiev raqibni o'rganish jarayonida "Paxtakor"ning qanotlari qanchalik kuchli ekanligini payqagan Masharipovga nisbatan personal, yakka kurashda jismonan baquvvat bo'lgan yana bir yosh, ilk marotaba asosiy tarkibda ko'rinish bergan Mannonovni qo'ydi. Aytish mumkinki, yosh, ilk marotaba asosiy tarkibda tushgan Jo'rabek Masharipovga shu kuni deyarli o'yin bermadi. Qanotlar orqali uyushtiriladigan reydlar kuzatilmadi. Bu borada murabbiy adashmadi.

Yangi mavsumda kashfiyotlardan biriga aylanishi kutilayotgan Oybek Bozorov bu safar zaxiraga qoldirilib, o'tgan bahsda zaxiradan o'yinni kuchaytirgan va ajoyib gol muallifiga aylangan tezkor Islom Kenjaboev boshlang'ich tarkibda tushirildi. Asosan ikkinchi raqam ostida o'ynashni rejalashtirgan va qarshi hujumda vaziyatni poylamoqchi bo'lgan murabbiy Rashidxonovni qanotda emas, o'rtaga tushirdi va o'ng qanotga tezkor bo'lgan Doniyor Narzullaev qo'yildi. O'tgan o'yinlarda asosiy tarkibda ko'rinish bergan tayanch zonasidagi ikkinchi futbolchi Akmal Mozgovoy shu boisdan zaxiraga qoldirildi. "Paxtakor"ga qarshi 4-5-1 taktik sxemasidan foydalangan Berdiev tayanch zonasida birgina Sardor Abduraimov bilan o'ynashni maqul ko'rdi. Rashidxonov va Davlatov markaziy yarim himoya nuqtasida o'ynashdi.

Rejaga muvofiq tarkib tanlash amalga oshirildi. Aytish kerakki, murabbiy tarkib tanlashda, o'yindagi rejani aniq belgilashda adashmadi. O'zgarishlar, kutilmagan o'zgarishlar o'zini oqladi. To'g'ri, jamoa penaltidan gol o'tkazib yuborgach birinchi reja ish bermadi. Natijada tanaffusdan so'ng 4-5-1 sxemasi 4-4-2ga aylandi. Buning natijasida jamoaning o'yini kuchaydi, hujumkor ruhda o'ynagan "Nasaf" raqib darvozasi oldida keskin hujumlar sodir etdi. Aynan Berdiev tomonidan tezligiga tayanib asosiy tarkibda tushirilgan Islom Kenjaboev samarali yurishni amalga oshirdi. Qanotdan uyushtirilgan hujum va "prostrel"dan so'ng Kozak va Quvvatovning o'zaro tushunmovchiligi natijasida to'p darvoza to'ridan joy oldi.

Hisob tenglashgani zahotiyoq Berdiev maydonga Akmal Mozgovoyni tushirish orqali tayanch nuqtani mustahkamladi. Yani, o'yinga tayyorlangan birinchi rejaga o'tildi. Lekin orada Kenjaboevning elkasi chiqib ketishi natijasida ko'proq to'p bilan kuchli, lekin tezligi Kenjaboevnikidek bo'lmagan Bozorov tushirildi. O'sha pallada esa "Nasaf"da qarshi hujumlarda imkoniyatlarn paydo bo'lish ehtimoli yanada oshgandi. Lekin shu kuni jamoaning asosiy "quroli" bo'lgan o'ta chaqqon Islom maydonni tark etishga majbur bo'ldi.

Goldan keyin ustunlik "Paxtakor"ga o'tdi. CHeran, Hamdamov va Sobirxo'jaev tushirilgach jamoaning hujumlarida keskinlik yuzaga keldi. "Nasaf" himoyada mustahkam turib, qarshi hujumda o'z "o'ljasi"ni kutdi. Ayniqsa o'yin oxirida, hisob hali 1:1 bo'lib turgan pallada Humoyun Murtazoevda ajoyib vaziyat bo'ldi. Biroq "Nasaf"ning yangi transferiga aylangan hujumchi oxirgi zarbani berishda "Mashal" akademiyasining boshqa bir tarbiyalanuvchisi Quvvatov oldida ojiz qoldi. Tajribali posbon jamoasi joniga oro kirdi. Aks holda uchrashuv scenariysi butkul boshqa tarafga o'zgarib ketgan va o'yindan keyin hakamlar mavzusiga umuman hojat qolmagan bo'lardi. Lekin unday bo'lmadi.

Yakunda uchrashuvga oz emas, ko'p emas sahiy bo'lgan Aziz Asimov tomonidan 6 daqiqa qo'shib berildi va qo'shimcha daqiqalarning uchinchisida Komilovning zarbasi, to'sin va to'pga kurashgan Eshmurodov va Bikmaevning kurashidan keyin to'p aniq kimga tekkani ko'rinmadi. Lekin oxirgi himoyachidan keyin darvozaga yaqin turgan Krimecga borib tushgan to'p yakunda darvoza to'riga ham borib tushdi. Natijada tablodagi hisob "Nasaf"ni alamli tarzda mag'lubga aylantirdi. "Paxtakor" esa so'nggi daqiqalardagi g'alabaning shirin tamini nishonlash bilan ovora bo'ldi.

Tablodagi hisob o'z yo'liga. "Paxtakor" muhim 3 ochkolik, "Nasaf" esa umid qilib turgan 1 ochkosidan ham mosuvo qoldi. Berdievning manoga to'la kulishlariyoq Aziz Asimovning o'yin tizginini butkul qo'ldan chiqarganidan darak edi. SHota Arveladze esa o'yin tugagach Berdievga chiroyli o'yin rahmat aytganini tushundim. Qolgan suhbat jarayonida nimalar gaplashilganidan xabarim yo'q.

Lekin tan olish kerak, barcha jihatlarni inobatga olib aytganda, kechagi bahsni Berdiev murabbiy sifatida yutdi. To'g'ri, tablodagi hisob buni teskarisini ko'rsatadi. Ammo "Nasaf"ning kechagi o'yinga tayyorlagan rejasi va vaziyatdan kelib chiqib ham uchrashuv davomida rejalarni kerak paytda o'zgartira olgani Berdievni murabbiy sifatida yanada shakllanib borayotganini tasdiqladi.


Matbuot anjumanida Berdiev hakam o'yinni buzgani va bu kabi bahsga malakasi yuqori bo'lgan xushtak egasi qo'yilishi maqsadga muvofiq bo'lishini takidladi. SHunda mazkur o'yindagi hakamlik "Nasaf"ning yosh iqtidorli futbolchilarini ruhini sindirib qo'ymaydimi, deb so'raganimda, murabbiy "kiyinish xonasida yosh futbolchilar ko'z yosh to'kib o'tirganini aytib, bu narsa ularning ruhiyatiga ham tasir etishini bildirdi va bunday hakamlik kerak emas", degan fikrni ilgari surdi.

Darhaqiqat, maydonda jonini bergan, katta mehnat qilgan futbolchilarga alam qilgan. Ular penalti belgilangan va gol urilgan vaziyatda butun vujudlari bilan Aziz Asimovga vaziyatni to'g'ri baholashini so'rab murojaat qilishdi. Maydonda katta o'yinlarni ko'rib "pishgan" tajribali akalariga qarshi munosib kurashishdi, mahoratni kuchli ishtiyoq evaziga engishga urinishdi. Lekin Aziz Asimovning qarorlari ularga tajribali akalaridan ham ko'proq qiyinchilik tug'dirdi.

Quyidagi savolimdan keyin o'ylanib qoldim. To'g'ri, yosh futbolchilarga alam qildi. Ko'z yosh to'kishdi. Mehnatlari evaziga munosib bo'lgan bir ochkoni ham qo'lga kirita olishmadi. Lekin tanganing boshqa tarafi, yaxshi tarafiga ham ko'zim tushdi. Ha, "Nasaf" yutqazdi. Lekin qanday yutqazdi va yosh futbolchilar qanday kurashishdi? Qishda mana shu "Nasaf" Toshkentda "Paxtakor" bilan shunday kurashadi, o'yin taraflama teng o'ynab, yutib ketishi mumkin, desa ularning o'zlari qanchalik ishonishardi? Kecha bu narsani uddalash mumkinligi, ularda shunday potencial borligi ko'rindi. Garchi yutqazgan bo'lsada yosh "Nasaf"da xarakter yanada kuchliroq shakllanayotganiga guvoh bo'ldik. Mahorat bobida havas qilayotgan akalariga qarshi g'oliblik ruhida o'ynashgani va g'alaba uchun kurashishgani ularga 1 yoki 3 ochkodan ham ko'ra ko'proq narsa beradi, menimcha.

"Nasaf" o'zining kuchli va yulduzli tarkibi bilan ham Toshkentda doim qiynalgan. O'yin taraflama ham, natija ko'rsatish borasida ham sanoqli o'yinlarda omadi chopgan. Lekin kechagi istiqbolli "Nasaf" "Paxtakor"ning dahshatli tarkibiga qarshi bemalol o'ynadi. SHunisi ko'proq xursand qiladi. O'zbek futbolida yana bir g'oliblik ruhiga tashna avlod etishib chiqmoqda.

Balki mazkur o'yindagi kechagi holatlar yosh va iqtidorli "Nasaf"ni yanada kuchayishiga, o'sishiga turtki bo'lar. Har holda hamma narsaning yaxshi tarafini uzlashtirgan maqul. Muhimi, kechagi o'yinga to'g'ri reakciya zarur. Umid qilamanki, bu narsalar ruhiyatni sindirish o'rniga "Nasaf"dagi yoshlarni yanada kuchliroq qiladi.

Mazkur suratda sobiq "nasafchilar" - Quvvatov, Sayfiev va Hamrobekov qarshiliklar muxlislarga minnatdorchilik bildirishayotgani aks etgan. O'yindan keyin uchala futbolchi insoniylik tarafdan juda chiroyli ishga qo'l urishdi. Mag'lubiyat alamida o'tirgan muxlislar oldiga borishga jazm etishdi va qarsaklar bilan minnatdorchilik izhor etishdi. O'yinda ishtirok etmagan yana ikki nafar sobiq "nasafchi" Azamov va Suyunov esa uchrashuvdan keyin "Nasaf" kiyinish xonasiga kirishdi va ukalariga, Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi murabbiylar shtabiga o'yin uchun tashakkur bildirishdi. Xunuk yakundagi chiroyli manzara. Futbol o'z yo'liga, insoniylik esa birinchi navbatda. 


HAKAM

Uchrashuvdan keyin O'FA Hakamlar va Nazoratchilar Departamenti rahbari Mamur Saidqosimov bilan bog'lanib, Aziz Asimovning ishini qanday baholangani bilan qiziqdim va ularning dastlabki xulosasini maqola tarzida chop etdim.

Maqolada aytilganidek, Asimov faqatgina bir vaziyatda, yani Masharipovga nisbatan ishlatilgan qo'pollikda penalti belgilamay xato qilgan. Belgilangan penalti va Krimecning goli esa o'yin qoidalariga zid ravishda urilmagani aytildi. Xo'p, demak hakamlarning tahliliy guruh xulosasiga ko'ra, "Paxtakor"ning g'alaba to'pi haqqoniy kiritilgan.

Lekin bir narsa aniqki, takroriy lavhalarda ham bu narsa yaqqol ko'rinmagan. Yani to'pga "Nasaf" himoyachisi Eshmurodov o'ynaganmi yoki Bikmaevga tekkanmi, bir narsa deyish mushkul. Bahsli holat. Penalti belgilangan vaziyat ham juda bahsli. CHunki men ko'rgan kadrda to'p G'olib G'aybullaevning qo'liga tegmagan. Tez orada operatorlarimiz mazkur vaziyat tasvirini qo'yishadi. Hammasi endi boshlanganida, birinchi bahsli vaziyatda Masharipovga nisbatan qo'pollikni aniqlashda Asimovning xatosi keyingi xatolarga ulanib ketdi. Hakamlarning rasmiy xulosasiga ko'ra ham baribir Asimov adashgan. Aynan shu xato o'yinning borishi va hakamning keyingi qarorlariga tasir qildi, chamamda. Xato zanjirdek ulanib ketdi. O'shandayoq to'g'ri qaror qabul qilganida, hozir hakamlik mavzusini emas, balki o'yindagi holatlarni tahlil qilib yoki faqatgina shiddatkor futboldan lazzatlanganimizni gaplashib o'tirgan bo'larmidik...

Fakt shuki, Asimov hakamlarning dastlabki rasmiy xulosasiga ko'ra ham baribir xato qilgan. Aslida o'yin oldidan Asimov tayinlaganganini eshitgach, mazkur uchrashuv statusiga mos referi qo'yilmaganini aytgandim. Bu fikrimni qo'llab-quvvatlaganlar ham bo'lgandi. O'yinda "chudit" qilmasa bo'ldi, degan fikr yakunda haq bo'lib chiqdi. Menimcha, mazkur o'yinga Asimovning tayinlanishi xato bo'ldi. Bu xato bo'lganini esa kechagi o'yindagi hakamlik va unga bo'lgan munosabatlar amalda ko'rsatib berdi.

Video             "Paxtakor" - "Nasaf". Masharipov yiqilgan vaziyatda penalti bormidi?

Asimov ishlagan o'yinlarda o'zbek futboli afsonalari hakamlarga insof tilashi urfga aylanmoqda shekilli. Mirjalol Qosimov va "Bunyodkor"ni hali yoddan chiqarganimiz yo'q. Kecha ham o'zbek futbolining ajoyib namoyondalaridan biri bo'lmish Ro'ziqul Berdievning holati 2017 yildagi Qosimovni eslatdi. To'rtinchi raqamli afsona oltinchi raqamli futbolimiz namoyondasiga almashdi. Lekin "qahramon" o'sha-o'sha Asimov. Bir gal "Bunyodkor" yoshlarining ko'z yoshlari, bu safar "Nasaf".

Ochig'ini aytaman, Asimovning hakamlik faoliyatidan ko'ra o'sha yoshlar o'zbek futboli uchun qadrliroq. To'g'ri, hakam adashadi. Lekin bunday xatoliklar qachongacha davom etadi?

Hakamlarning ishi juda nozik. SHu bilan birgalikda ularning qarorlariga turli xil rakursdan yondoshib, vaziyatlarga har hil baho bersa va qog'ozdagi qoidaga ko'ra ularni oqlasa bo'ladi. Ayniqsa hakamlar yoki nazoratchilar baribir doim hamkasblarini ko'proq himoya qilishadi. CHunki ular ham ishlashgan, bilishadi, insoniylik faktori va hokazo. Qoida bo'yicha doim oqlov yoki boshqa jihatlarni inobatga olish mumkin. Ammo yuqori malakali hakam o'yin muhitini his qilishi, uchrashuvni buzib qo'ymasligini ham bilishi kerak. Hakamda ham liderlik xususiyatlari bo'lishi kerak. Aks holda kechagi manzaralar davom etaveradi.

Mazkur bahsli holatlardan tashqari boshqa vaziyatlar ham etarlicha topiladi. Asimovning ishi, qanot hakamlarining bayroqcha ko'targan va ko'tarmagan vaziyatlarini batafsil o'rganib, video tarzida barcha epizodlarni ko'rib chiqish maqsadga muvofiq. O'yinlar jonli efirda ko'rsatilmoqda, lekin hakamlarimizning xatolari kamayishiga bu narsa hech qanday yordam berolmayapti. Aksincha, yildan-yilga bu narsa ko'payib borayotgandek taassurot qoldirmoqda.

Kechagi o'yinda nafaqat "Nasaf", balki "Paxtakor" ham imij jihatdan yutqazdi. O'shanda Qosimov, kecha Berdiev takidlagan va hozirgi kundagi "Paxtakor"ning olib borayotgan ishlarini ko'rib aytadigan bo'lsak, "Paxtakor" hakamlarning yordamiga umuman muhtoj emas. Lekin o'yin tempini his qilolmaydigan, bahs darajasi tasiriga tushib qolib, o'yin tizginini qo'ldan chiqaradigan hakamlar jamoa imijiga putur etkazishadi.

Umid qilamizki, O'FA hakamlar qo'mitasi mazkur holatni chuqur o'rganib chiqib, tegishli xulosalarni chiqarib, hakamlar ishiga xolisona baho beradi.



Yangi loyiha - "O'YIN KUNI"

Ijtimoiy tarmoqlar orqali yangi loyihaga qo'l urganimiz haqida aytgandim. "O'yin kuni" deya nomlangan ushbu loyihaning ilk soni "Nasaf" bilan suratga olindi. "Nasaf"ning Toshkentga kelishidan boshlab suratga olingan loyihada bir o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rishiyu, jamoaning ichki hayotiga nazar, o'yin kuni murabbiy va futbolchilar nimalar qilishi va umuman bir o'yinga sarflanadigan energiya muxlislarga ko'rsatib beriladi. Loyihadagi asl maqsad shu.

SHu boisdan ham "Nasaf"ning Toshkentga kelishidan boshlab, o'yinga qadar bo'lgan jarayon va o'yin kuni ham asosan qarshiliklar bilan birgalikda bo'ldik. Ochig'i, yosh futbolchilarni ruhlantirgan Berdiev va futbolchilarning ko'zidagi "olov" kecha yoshga aylangani ko'ngilgi biroz xira qildi. Loyiha manfaatidan kelib chiqsak ham, ilk soni qahramonlarimizning holati odamni ranjitdi. SHu boisdan ham "O'yin kuni" loyihasi finishi rejalashtirilgan scenariy ostida tugamadi. Qolganini loyihaning montaj ishlari yakuniga etkazilgach yaqin kunlarda etiboringizga taqdim etamiz. Butkul boshqacha formatdagi loyiha.

Muallif :
Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика