Tur sarhisobi: Tomoshabinlar tashrifida pasayish
26 mar 2014 23:12
Yangiliklar

Tur sarhisobi: Tomoshabinlar tashrifida pasayish
Yakshanba va dushanba kunlari 2-tur uchrashuvlari o'tkazildi.
23 mart kuni oltita o'yin bo'lib o'tgan bo'lsa, ertasiga “Lokomotiv” – “Nasaf” to'qnashuvi 2-turni yakunlab berdi. Ortda qolgan bellashuvlarga to'xtalib o'tarkanmiz, etiborga molik voqea va sarhisoblarni keltirishga jazm etdik.
GRANDLAR MUVAFFAQIYATI VA KUTILMAGAN G'ALABA
Ettita uchrashuvning 3 tasida mezbonlar, 3 tasida esa mehmonlar g'alaba qozondilar, “Lokomotiv” – “Nasaf” bellashuvida durang qayd etildi. SHuningdek, 7 ta uchrashuvda darvozalarga jami 18 ta to'p kiritildi. Mos ravishda mezbonlar va mehmonlar darvozalarni 9 martadan ishg'ol qildilar. Safarda g'alaba qozongan klublarga etibor qaratsak, asosan chempionlik uchun kurashayotganlarning muvaffaqiyatiga guvoh bo'ldik. “Paxtakor” “Neftchi” maydonidan 1:2 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan bo'lsa, “Bunyodkor” Muborakda “Mashal” darvozasiga javobsiz ikkita to'p kiritdi. Bundan tashqari, safarda uch ochkoni qo'lga kiritgan uchinchi jamoa “Nav-bahor” bo'ldi. Edgar Gess boshchilik qilayotgan “Buxoro”ga qarshi to'p surgan Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari 0:2 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritdilar. Ochig'i, ushbu natija ko'pchilik tomonidan kutilmagan hisob deya baholandi.
TOMOSHABOP O'YIN BILAN BIRINCHI O'RIN
O'yinlar orasida tomoshabop va gollar shousiga aylangan bahs “Olmaliq” – “So'g'diyona” bellashuvi bo'ldi. Ketma-ket ikkinchi uchrashuvni ham o'z maydonida o'tkazgan Igor SHkvirin jamoasi jizzaxliklar bilan bahsda ochiq futbol namoyish etdi. Stadionga yig'ilgan muxlislar 6 ta gol ko'rdilar. SHulardan 4 tasi mezbonlarga, 2 tasi esa mehmonlarga tegishli bo'ldi. Qolaversa, ushbu turda faqat bir marta penalti belgilandi va bu ham “Olmaliq” – “So'g'diyona” uchrashuvida kuzatildi. Jizzaxliklar azosi Suhrob Qobilov 26-daqiqada penaltidan gol urib, hisobni ochgandi.
13-DAQIQADA IKKI GOL...
Umuman olganda, barcha uchrashuvlarda darvozalar ishg'ol qilindi. Eng kam gol “Qizilqum” – “Andijon” bahsida kuzatildi. 75-daqiqada SHerali Jo'raev tomonidan kiritilgan yagona gol “Qizilqum”ga uch ochkoni keltirdi. Eng tezkor golga kelsak, hech bir jamoa dastlabki 10 daqiqada gol ura olgani yo'q. Eng tezkor gol 13-daqiqaga to'g'ri keldi. “Neftchi” – “Paxtakor” bellashuvining ushbu daqiqasida mehmonlar vakili – Vladimir Kozak hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Bundan tashqari, “Lokomotiv” – “Nasaf” qarama-qarshiligida ham aynan 13-daqiqada mezbonlar azosi - Ibrohim Rahimov tomonidan hisob ochilgan. Faqat “Neftchi” – “Paxtakor” bahsi bir kun oldin bo'lganligi bois, Kozak birinchi bo'lib, turdagi eng tezkor gol muallifi bo'ldi. 2-turda oxirgi daqiqalarda gol kiritilgan o'yinlar “Mashal” – “Bunyodkor” hamda “Lokomotiv” – “Nasaf” uchrashuvida qayd etildi. Vohid SHodev hakam tomonidan qo'shib berilgan 90+2-daqiqada to'p kiritgan bo'lsa, “Nasaf” hujumchisi Ilhom SHomurodov ham xuddi shu daqiqada gol urib, hisobni tenglashtirdi.
ENG KAM TOMOSHABIN MUBORAKDAGI O'YINDA
Stadionlarga muxlislarning tashrifi ham dolzarb masalalardan biriga aylangan. 1-turda “Andijon” – “Paxtakor” uchrashuvining o'ziga 18221 tomoshabin kelgandi. Ammo mazkur turda muxlislar soni sezilarli darajada kamayib ketdi. Eng ko'p muxlis “Lokomotiv” – “Nasaf” bellashuviga tashrif buyurdi. Ularning soni 5237 tani tashkil qildi. Agarda bunchalik ishqiboz kelmaganida “Neftchi” – “Paxtakor” o'yiniga kelgan ishqibozlar eng ko'pi bo'lardi. CHunki Qirgulidagi stadionga 5205 nafar muxlis keldi. Bilsangiz kerak, ushbu stadionga faqat 5000 ishqiboz sig'adi, xolos. Agarda yangi stadionda o'yin o'tkazilganida, 20 ming kishiga mo'ljallangan o'yingoh muxlislar bilan to'lgan bo'lardi. SHu o'rinda eng kam muxlis kelgan uchrashuv ham kuzatildi. “Mashal” – “Bunyodkor” bellashuvini tomosha qilish uchun “Bahrom Vafoev” nomli stadionga bor-yo'g'i 1505 ishqiboz keldi. Ikki turdan buyon eng kam muxlis “Bunyodkor” ishtirokidagi bellashuvda qayd etilmoqda. Vaholanki, bu jamoa O'zbekistonning etakchisi va amaldagi chempion, Kubok sohibi sanaladi. Bunday favorit klubning o'yinlari muxlislarda qiziqish uyg'otmayotganligi taajjub. CHunki dastlabki turda “Bunyodkor” – “Qizilqum” uchrashuviga 1003 nafar ishqiboz tashrif buyurgan, xolos.
TOMOSHABIN TASHRIFIDA PASAYISH
Umumiy qilib aytganda, 2-tur o'yinlariga jami 27 814 ishqiboz tashrif buyurdi. Bu o'rtacha 3973 tomoshabin deganidir. Taqqoslash uchun, 1-turda umumiy 58 028 tomoshabin, yani har bir o'yinga o'rtacha 8289 tomoshabin to'g'ri kelgandi. Bizningcha, jiddiy pasayishga yakunlangan haftadagi uchrashuvlarning noqulay ob-havo sharoitida o'tkazilganligi sabab bo'ldi. Zero, yakshanba kuni mamlakatimiz bo'ylab yomg'ir va qorli havo kuzatildi. SHu bois, aynan Samarqandda o'tgan Dinamo - Metallurg uchrashuvida ham nisbatan kamroq tomoshabin to'plandi.
ENG MUROSASIZ O'YIN BUXORODA O'TDI
2-turning barcha uchrashuvlarda sariq kartochka bilan jazolangan o'yinchilar bo'ldi. Ammo hech birida hakamlar futbolchilarni qizil kartochkalar bilan siylashmadi. Eng ko'p ogohlantirish kuzatilgan bahs “Buxoro” – “Navbahor” uchrashuvi bo'ldi. O'yinni boshqargan navoiylik Zokir Qodirov sakkizta o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatdi. Bulardan ikkitasi “Buxoro” va qolgan oltitasi “Navbahor” futbolchilariga “tuhfa” qilindi.
SHuningdek, ushbu turda bitta dubl qayd qilindi. “Olmaliq” – “So'g'diyona” uchrashuvida zaxiradan maydonga tushgan SHerzod Hakimov 63 va 88-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoasining g'alabasiga munosib hissasini qo'shdi.

Fikrlar