Tur matbuot xizmati - "Paxtakor"
02 apr 2018 09:38
Yangiliklar
Tur matbuot xizmati - "Paxtakor"
"CA" Superligani yangicha formatda yoritadi
"Paxtakor" matbuot xizmati har turda professional, operativ, kreativ hamda muntazam ishlayotgani uchun ikkinchi marotaba tur laureatiga aylanmoqda.
Klub matbuot xizmati har turdan oldin o'yinoldi tadbirlar, mashg'ulotlar, futbolchi va murabbiylardan fikrlar berib bormoqda. SHuningdek, o'yindan keyin ham barcha malumotlar tezkorlik bilan taqdim etilmoqda. Mashg'ulotdan rasmlar, yoshlar ligasi o'yinlaridan to'liq hajmdagi qaydnomalar o'z vaqtida berib borilmoqda. Umuman har bir turni o'yin atrofi va uchrashuvdan keyingi jamoaga taaluqli voqealarni yaxshi yoritib bormoqda. Sayt nafaqat o'zbek, balki rus va ingliz tilida ham bir maromda ishlamoqda. Bu borada "Paxtakor" qolgan Superliga klublari matbuot xizmatlaridan ancha ildamlab ketganini qayd etib o'tish joiz. SHuningdek, o'yin uchun chiqariladigan maxsus dasturlar (programmka) ham to'liq formatda OAV vakillariga taqdim etilmoqda.
SHu boisdan ham "Paxtakor" matbuot xizmati ushbu turda eng yaxshi deb topildi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar